O‘zbekistonning barcha hududlarida 13-19 noyabr kunlari “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda.
🤩 Joriy yilning 15-noyabr sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent viloyat bo‘limi, O‘zbekiston NNT milliy assotsiasiyasi Toshkent viloyati bo‘limi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorligida “Bagʼrikenglik haftaligi” doirasida “O‘zbekiston- bag‘rikeng diyor” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.Tadbirda talabalar bilan birgalikda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan rus, qozoq, tojik, koreys, turkman, boshqird, ozarbayjon milliy-madaniy markazlari rahbarlari hamda badiiy jamoalari ishtirok etishdi.
🙌 Tadbir O‘zbekiston davlat madhiyasini ijrosi bilan boshlandi, so‘zga chiqqanlar Yangi O‘zbekistonimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari hamfikr va hamjihatlikda yashab kelayotgani, mamlakatimiz davlat ta’lim muassasalarida dars yetti tilda olib borilayotgani, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ko‘rsatuvlari jami o‘n ikki tilda namoyish etilishi, o‘ndan ortiq tilda gazeta, jurnal chop etilayotganini qayd etishishib, Yurtboshimiz rahnamoligida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni yanada takomillashtirish borasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
🎙 Tadbirning badiiy qismi haqiqiy do‘stlik bayramiga aylanib ketdi. Turli tillarda O‘zbekistonni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlarni tadbir ishtirokchilari jo‘rovoz bo‘lib kuylashdi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, barchaga quvonch va shodlik hadya etdi.