Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori:

Toshmatov Salohiddin Zayniddinovich

Qabul vaqti: Chorshanba 16:00-18:00
Telefon: (+99871) 238-65-31

Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozim vazifalari:

Moliya-iqtisodiyot, xo‘jalik, qurilish-ta’mirlash va xavfsizlik (qo‘riqlash) ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;

reja-moliya, buxgalteriya, buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring, xo‘jalik, transport, qurilish-ta’mirlash, talabalar turar joylari, mehnat muhofazasi, sport- sog‘lomlashtirish, dam olish, xavfsizlik (qo‘riqlash) bo‘limlari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish hamda umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini belgilangan tartibda nazorat qilish;

davlat budjeti, talabalarni o‘qitish uchun kontrakt to‘lovlari va maxsus lisoblar mablag‘larining daromad va xarajatlari smetalarini ishlab chiqish, ularni Moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etish va belgilangan muddatlarda sifatli ijrosini ta’minlash;

 OTMning shtatlar jadvali va professor-o‘qituvchilarning formulyarini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish hamda ularning sifatli ijrosini ta’minlash;

        OTMning professor-o‘qituvchi va xodimlari oylik asosiy va qo‘shimcha (ustama) ish haqlari va talabalar stipendiyalarining to‘g‘ri belgilanishi va ularni o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash hamda ularni moliyaviy nazorat qilish;

        OTMning kam ta’minlangan talabalari, professor-o‘qituvchi va xizmatchi xodimlariga moddiy yordam  ko‘rsatishni tashkil etish;

         OTMning o‘quv va o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini belgilangan  tartib va muddatlarda sifatli moliyalashtirishni amalga oshirish;

         IV guruh xarajatlarini tuzilgan shartnomalar, tasdiqlangan xarajatlar smetalari va ajratilgan limitlar asosida to‘lanishini tashkil etish hamda barcha moddiy resurslardan foydalanishda tejamkorlikka erishish;

        o‘qitish uchun kontrakt to‘lovlari belgilangan muddatlarda to‘lanishini tashkil etish;

 budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning oqilona sarflanishi bo‘yicha qat’iy ijro intizomini ta’minlash;

         OTMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yillik rejani tuzish va uning sifatli bajarilishni ta’minlash;

         OTMda ta’lim xizmati ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha yillik rejani ishlab chiqish va uning sifatli bajarilishini ta’minlash;

         o‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va labaratoriyalarni zamonaviy kompyuter-axborot texnologiyalar va o‘quv-texnika vositalari bilan sifatli ta’minlash hamda ularning belgilangan sanitariya-gigiena talablariga mosligiga erishish;

         OTMning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va xo‘jalik faoliyatini samarali rivojlantirish uchun zarur moddiy texnika bazasini yaratish, tegishli sifatli tovarlar, asbob-uskunalar, vosita va jihozlar bilan ta’minlash;

         o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy va madaniy-ma’rifiy adabiyotlar, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini sifatli nashr etish jarayonini tashkil etish;

         OTMdagi yotoqxonaga muhtoj talabalarni sifatli turar joylari bilan ta’minlash, ularga me’yorlarda belgilangan sharoitlarning yaratilishini muntazam nazorat etish;

kapital va joriy ta’mirlash hamda Kapital qurilish ishlarini belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish va ularning sifatli bajarilishini nazorat qilish;

OTMning o‘quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshootlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning sifatli bajarilishini ta’minlash;

OTMga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni samarali jalb etishni tashkil etish;

obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni    sifatli amalga oshirilishini ta’minlash;

OTMning iqtisodiy, ekologik, tibbiy, xo‘jalik, yong‘in va boshqa turlardagi xavfsizliklarini ta’minlash;

akademik litsey o‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni  takomillashtirish masalalarida hamkorlik rejalarini ishlab chiqish;

akademik litseyni moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish.

OTMning sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish va muhandislik komunikatsiya ob’yektlarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash;