Kredit mahsulotlari

 

O‘zmilliybank bilan hamkorlikda

“Kelajakka qadam” — yoshlarga keng imkoniyatlar!

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilar uchun turli yo‘nalishlarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda.

10 mlrd

so‘mgacha kredit

+1%

Markaziy bank asosiy stavkasiga

7 yil

gacha kredit muddati

2 yil

gacha imtiyozli davr

Prezidentning 2026-yil 1-iyundagi PQ-210-son qaroriga muvofiq, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talabalar va yoshlar uchun imtiyozli kredit mahsulotlari taqdim etilmoqda.

Kredit mahsulotlarini taqqoslash

Kredit mahsuloti Kimlar uchun Kredit summasi Kredit muddati Imtiyozli davr Foiz stavkasi
“Tadbirkorlikka ilk qadam” O‘zini o‘zi band qilgan bitiruvchi va yoshlar 20 mln so‘mgacha 18 oygacha 6 oygacha Asosiy stavka +1%
“Biznes start” Mustaqil biznes boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchi va yoshlar 300 mln so‘mgacha 5 yilgacha* 1 yilgacha* Asosiy stavka +1%
“Biznes progress” Faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan talaba va yoshlar 2 mlrd so‘mgacha 7 yilgacha* 2 yilgacha* Asosiy stavka +1%
“Talaba invest” 31 yoshga to‘lmagan talaba va yoshlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari 10 mlrd so‘mgacha 7 yilgacha* 2 yilgacha* Asosiy stavka +1%

* Aylanma mablag‘lar uchun: kredit muddati 36 oygacha, imtiyozli davr 6 oygacha. “Asosiy stavka” — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi.

Kredit mahsulotlari haqida batafsil

KELAJAKKA QADAM DASTURI

“Tadbirkorlikka ilk qadam”

kredit mahsuloti

Kredit summasi

20 mln

so‘mgacha

O‘zini o‘zi band qilgan va biznesga ilk qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan bitiruvchi va yoshlarga

Kredit mahsuloti orqali oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish.

Kredit muddati

18 oygacha

Imtiyozli davr

6 oygacha

Foiz stavkasi

Asosiy stavka +1%

Hurmatli bitiruvchi va yoshlar! Siz uchun yangi bosqich — mustaqil faoliyat va imkoniyatlar davri boshlandi! O‘z biznes g‘oyangizni amalga oshiring.

KELAJAKKA QADAM DASTURI

“Biznes start”

kredit mahsuloti

Kredit summasi

300 mln

so‘mgacha

Zarur biznes ko‘nikmaga ega bo‘lib, tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchi va yoshlarga

Kredit mahsuloti orqali oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish.

Kredit muddati

5 yilgacha

aylanma mablag‘lar uchun 36 oygacha

Imtiyozli davr

1 yilgacha

aylanma mablag‘lar uchun 6 oygacha

Foiz stavkasi

Asosiy stavka +1%

Talablar:

  • Kredit oluvchi direktor yoki ta’sischi bo‘lishi talab etiladi.
  • Garov ta’minoti talab etiladi (100 mln so‘mgacha — sug‘urta polisi asosida).
  • Salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmasligi zarur.
  • Muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi talab etiladi.

KELAJAKKA QADAM DASTURI

“Biznes progress”

kredit mahsuloti

Kredit summasi

2 mlrd

so‘mgacha

Tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlagan va faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan talaba va yoshlarga

Kredit mahsuloti orqali oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish.

Kredit muddati

7 yilgacha

aylanma mablag‘lar uchun 36 oygacha

Imtiyozli davr

2 yilgacha

aylanma mablag‘lar uchun 6 oygacha

Foiz stavkasi

Asosiy stavka +1%

Talablar:

  • Kredit oluvchi direktor yoki ta’sischi bo‘lishi talab etiladi.
  • Garov ta’minoti talab etiladi.
  • Kamida 2 ta ish o‘rni yaratish kerak.
  • Salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmasligi zarur.
  • Muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi talab etiladi.

KELAJAKKA QADAM DASTURI

“Talaba invest”

kredit mahsuloti

Kredit summasi

10 mlrd

so‘mgacha

O‘ttiz bir yoshga to‘lmagan talaba va yoshlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlariga

Kredit mahsuloti orqali oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarning bandligini ta’minlagan tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish.

Kredit muddati

7 yilgacha

aylanma mablag‘lar uchun 36 oygacha

Imtiyozli davr

2 yilgacha

aylanma mablag‘lar uchun 6 oygacha

Foiz stavkasi

Asosiy stavka +1%

Talablar:

  • Har bir milliard so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida 1 nafar bitiruvchi ishga qabul qilinishi talab etiladi (shartlar bajarilmagan taqdirda kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi).
  • Garov ta’minoti talab etiladi.
  • Salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmasligi zarur.
  • Muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi talab etiladi.

“Mening birinchi kasbim” loyihasi

KELAJAKKA QADAM DASTURI

“Mening birinchi kasbim”

loyihasi

Oylik stipendiya

5 BHM

gacha

Bitiruvchilarni kasbga tayyorlash

Loyiha doirasida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini kasbga tayyorlash jarayonlari tashkil qilinadi va moliyalashtiriladi.

Xorijdagi qisqa muddatli kurslar uchun

50 BHMgacha

Biznes reja tayyorlash xarajatlari

Qoplab beriladi

Loyihada yaratilgan imkoniyatlar:

  • Oliygoh bitiruvchilari orasida tanlov o‘tkazilib, ularga malaka oshirish davri uchun oylik 5 BHMgacha stipendiya ajratiladi.
  • Bitiruvchilar chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlari va korxonalarda qisqa muddatli kurslarda qatnashishlari uchun 50 BHMgacha mablag‘ ajratiladi.
  • Biznes reja tayyorlash xarajatlari qoplab beriladi.
  • “Talaba Expo 2026” kasb ko‘rgazmalari natijalariga ko‘ra bitiruvchilar va yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashiladi.

“Kelajak tadbirkori” dasturi bukleti

📄 Buklet · PDF

“Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirish

O‘zmilliybank “Kelajakka qadam” markazi · 2 sahifa

“Kelajak tadbirkori” dasturi bukleti — 1-sahifa

1-sahifa · kattalashtirish uchun bosing

“Kelajak tadbirkori” dasturi bukleti — 2-sahifa

2-sahifa · kattalashtirish uchun bosing

Kredit olish tartibi

1

Ariza topshirish

Kerakli hujjatlar bilan “Kelajakka qadam” markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

2

Hujjatlarni ko‘rib chiqish

Mutaxassislar tomonidan hujjatlar tekshiriladi va baholanadi.

3

Tasdiqlash

Loyiha yoki o‘quv dasturi moliyalashtirishga loyiq deb topiladi.

4

Kredit ajratilishi

Bank orqali mablag‘ o‘tkaziladi va sizga xabar beriladi.

5

Monitoring

Loyihaning bajarilishi va mablag‘dan foydalanish nazorati olib boriladi.

Dastur orqali yaratilgan imkoniyatlar

01

Biznesni boshlash va kengaytirish

02

Kasb egallash va malaka oshirish

03

Yangi ish o‘rinlari yaratish

04

Xorijda o‘qish va tajriba orttirish

🚀 Endi siz ham o‘z g‘oyangizni real loyihaga aylantiring!

Kredit mahsulotlari bo‘yicha batafsil ma’lumot va maslahat — O‘zmilliybank. Savollar bo‘yicha universitetdagi “Kelajakka qadam” markazi hududiy bo‘linmasiga ham murojaat qilishingiz mumkin.

Последнее обновление: 30.09.2026 17:37