Djurayev Rustam Xusanovich

Ism Sharifi: Djurayev Rustam Xusanovich
Tug‘ilgan sana: 04.06.1945
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Ilmiy unvoni: Dotsent
Ta’lim: Toshkent elektrotexnika aloqa instituti
Yo‘nalish: Telekommunikatsiya
Mutaxasisligi: Elektr aloqa muhandisi

TARJIMAI HOL

   Djurayev Rustam Xusanovich 1964-1968 yillarda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti talabasi, 1960-1970 yillarda “Diskret axborotlarni uzatish va telegrafiya” kafedrasi assistenti, 1970-1973 yillarda Moskva elektrotexnika aloqa instituti aspiranti, 1973-1980 yillarda Ilmiy tadqiqot laboratoriyasi katta muhandisi, katta ilmiy xodim, 1980 yildan 2020 yilga qadar katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 yildan buyon “Malumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasida dotsent v.b. lavozimida  ishlab kelmoqda.

   Djurayev Rustam Xusanovich tomonidan bugungi kunga qadar kafedrada bakalavriat va magistraturada oʻqitilayotgan fanlar boʻyicha namunaviy va ishchi oʻquv rejalarni ishkab chiqishda qatnashib kelmoqda.

   Djurayev Rustam Xusanovich oʻzining kasbiy malakasini doimo oshirishga axamiyat beradi. Darslarni yuqori ilmiy va uslubiy darajada olib boradi. Uning rahbarligida koʻp yillar davomida dolzarb mavzularda koʻplab talabalar bitiruv malakaviy ishlarini bajarishib, ximoya qilib kelmoqdalar.

Universitetning jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Oʻqituvchilar va talabalar orasida katta xurmat qozonib kelmoqda.

   Djurayev Rustam Xusanovich O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi  tomonidan  “A’lo darajali mutaxassis” belgisi va faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan.

 

ILMIY FAOLIYAT

R.X.Djurayevning ilmiy va amaliy tadqiqotlari asosida 2 ta monografiya va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilindi.

Uning rahbarligida har yili 10 dan ortiq bakalavriatura talabalari himoya qiladi. Magistratura talabalariga maslaxatchi sifatida ular bilan shugʻullanadi. Bundan tashqari R.X. Djurayev «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda ham o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda.