Bitiruvçilar bandligini ta’minlaş böyiça uçraşuv

  • Главная
  • Bitiruvçilar bandligini ta’minlaş böyiça uçraşuv

2026-yil 26-fevral kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent Axborot Texnologiyalari Universitetida Yunusobod tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş markazi hamda "Özmilliybank"AJ vakillari bilan hamkorlikda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvçi yoşlarni tadbirkorlikka yönaltiriş, ularning biznes loyihalarini moliyalaştiriş, haq tölanadigan amaliyotlarga jalb etiş hamda yangi işlab çiqilgan onlayn platformalar orqali ularning bandligini ta’minlaş masalalariga bağişlangan uçraşuv taşkil etildi.

Uşbu tadbirda 2025-yil 14-fevraldagi Davlatimiz Rahbarining “Oliy taʼlim taşkilotlari bitiruvçilarining işga joylaşişiga kömaklaşiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-61-son qaroriga köra “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvçi talabalarga haq tölanadigan amaliyotlarning mazmun-mohiyati, iştirok etiş tartibi hamda yaratilayotgan imkoniyatlar töğrisida tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, talabalarning işga joylaşişiga kömaklaşiş maqsadida işlab çiqilgan onlayn platformalar, ulardan foydalaniş tartibi va afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Şu bilan birga, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida Özmilliybank AJ tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlar paketi, imtiyozli kreditlar hamda yoş tadbirkorlar uçun yaratilgan qulay imkoniyatlar bilan talabalar yaqindan tanişdilar.

Tadbir yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob oldilar hamda kelajak rejalari yuzasidan mutaxassislar bilan bevosita muloqot qiliş imkoniga ega böldilar.

 

Последнее обновление: 03.11.2026 11:15