TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

  • Startseite
  • TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini rivojlantirishni jadallashtirish va talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.

Farmon va qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan.

2022-yil 8-fevralda Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga xususiy tashabbuskor “G’ulom Xusen building” ma`suliyati cheklangan jamiyati rahbari tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Ibn Sino ko‘chasi 2 uyida joylashgan Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali hududida (0.3 gektar) yer maydonida 400 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Oliy ta’lim vazirligi tomonidan joriy yil 25-yanvarda tasdiqlangan.

Mazkur loyiha Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali talabalarini zamonaviy shunam turar joy bilan ta’minlashni rejalashtirilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2022-yil 2-mart Toshkent vaqti bilan soat 18.00 gacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi
Loyiha konsepsiyasi
Loyiha haqida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

1. Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti manzili: 100084 Toshkent shahri, Amir Temur ko’chasi, 108-uy, E-mail: info@tuit.uz, veb-sayt: www.tuit.uz, Telefon raqami: +99871 238 64 89, 238 64 15;

2. Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali manzili: 140100 Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Ibn Sino, 2-uy,
E-mail: info@samtuit.uz, veb-sayt: https:// samtuit.uz, Tel.: 66 232-29-29, 90 276-07-01,
Faks: 66 232-29-29.

3. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko’chasi 16-uy, E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz, AbduvoxidX@ppp.mf.uz, Теl: 71-203-03-07 (701).

“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkazadi.