Ne’matov Asliddin Rabbimqulovichning “G‘ovak muhitlarda ikki fazali neft-suv tizimi uchun filtratsiya jarayonlarini matematik modellashtirish” mavzusidagi 05.01.07 - Matеmatik modеllashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli Ilmiy kengashning
2024 yil 9-fevral kuni soat 14.00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy.
Tel.: (99871) 238-64-43
e-mail: iktuit@tuit.uz