Kontrakt to'lov muddati

#diqqat #elon #rasman

Kontrakt to‘lovini 100 foiz to‘lashning so‘ngi muddati 25-iyul etib belgilandi

To‘lov – kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash uchun tuzilgan ikki tomonlama shartnomaning 2.2. bandida belgilangan to‘lov miqdorining 100 foizini joriy yilning 1-iyul sanasiga qadar to‘lash majburiyati belgilangan. Ota-onalar va talabalarning murojaatlarini inobatga olgan holda kontrakt to‘lovini 100 foiz to‘lashning so‘ngi muddati 25-iyul etib belgilandi. 

Kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sababli shartnomaning 5.4. bandiga muvofiq shartnoma bekor qilinishi va mazkur shartnomaning 4.1. bandiga asosan universitet o‘qitish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun talabani chetlashtirish huquqiga ega ekanligini eslatib o‘tamiz.

 

❤@tuituz_official