Magistratura

Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan öqituvçilarga qöyiladigan umumiy malaka talablari

Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan öqituvçi ta’lim jarayoni doirasida:

  • hamma turdagi öquv maşğulotlarini yuqori darajada ötadi;
  • öquv, ilmiy va öquv-metodik işlarni rejalaştiradi, taşkil etadi va nazorat qiladi;
  • ilmiy-tadqiqot işlariga va magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlaş jarayoniga rahbarlik qiladi;
  • kafedra ixtisosligi böyiça ilmiy, ilmiy-tadqiqot seminarlarini taşkil etadi va ularda iştirok etadi;
  • talabalar ilmiy seminarlarini boşqaradi;
  • kafedra pedagoglari tomonidan barça turdagi öquv maşğulotlari sifatli ötkazilişi ustidan nazorat qiladi;
  • magistraturaning tegişli mutaxassisligi böyiça namunaviy va işçi öquv rejalari va dasturlarini işlab çiqadi;
  • kafedra ilmiy tadqiqotlari yönalişlari doirasida taşkil etiladigan yiğilişlar va konferentsiyalarda, şu jumladan xalqaro konferentsiyalarda iştirok etadi;
  • magistratura talabalarining mustaqil işlarini taşkil etadi va rejalaştiradi;
  • magistratura talabalari uçun darsliklar va öquv-metodik qöllanmalarni işlab çiqiş va naşrga tayyorlaşda iştirok etadi;
  • magistratura talabasining kalendar iş rejasi bajarilişini nazorat qiladi.

Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan öqituvçilarga quyidagi malaka talablari qöyiladi:

  • fanni yuqori darajada biliş hamda uning nazariy asoslarini va muhim yutuqlarga erişiş mumkin bölgan yöllarni köra biliş uquviga ega böliş;
  • ilmiy muammolarni işlab çiqa oliş, tadqiqotlar ötkaza oliş va ularning natijalari böyiça çop etilgan ilmiy işlarga ega böliş;
  • magistratura talabalarining individual xususiyatlari, şaxsiy sifatlari va dissertatsiyalari maqsadlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyat yönalişlarini belgilaş qobiliyatiga ega böliş;
  • magistratura talabalarining bilim va malakalarni egallab olişga imkoniyat beradigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qöllaşga tayyor böliş;
  • pedagogik holatlar tahlili asosida pedagogik vazifalarni şakllantiriş va ularni hal etişning maqbul yeçimlarini topiş uquvi;
  • magistratura talabalarining kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirişga yönaltirilgan innovatsion kurslar işlab çiqiş böyiça amaliy tajribaga ega böliş;
  • ma’lumotlarni tizimlaştiriş va izlaş orqali öz bilimini takomillaştiriş uçun doimiy örganiş, ma’lumotlarni elektron qayta işlaşda axborot-kommunikatsiya va multimediya texnologiyalaridan foydalaniş mahoratiga ega böliş.

Magistraturada pedagogik faoliyat yuritişga ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) iş stajiga ega bölgan, şuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy darajali şaxslar jalb qilinadi.

Mavzuni tanlaş va ilmiy rahbarni tayinlaş

Magistrlik dissertatsiyasi öqiş va öquv dasturlarini özlaştiriş jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot işlarining natijasi hisoblanadi.

Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy ta’lim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-öqituvçilari tarkibi, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalaş muassasalari xodimlari tomonidan şakllantiriladi.

Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, qoidaga köra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etişga bağişlanadi.

Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik oliy ta’lim muassasalarida işlaydigan professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, taşkilotlarning yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, şuningdek belgilangan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar yoki ilmiy unvonlarga ega bölgan xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oşiriladi.

Magistratura talabasi öqiyotgan oliy ta’lim muassasasida işlamaydigan xodimlardan unga ilmiy rahbar tayinlangan taqdirda, talabaga qöşimça ravişda tegişli kafedra professor-öqituvçilari tarkibidan ilmiy maslahatçi tayinlanadi.

Belgilangan talablarga muvofiq magistrlik dissertatsiyasini bajariş doirasida ilmiy rahbar bilan bir xil mas’uliyat ilmiy maslahatçiga ham yuklatiladi.

Magistratura talabasi öqiyotgan oliy ta’lim muassasasi xodimlari tarkibidan bölgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatçining magistrlik dissertatsiyasini tayyorlaş böyiça talabalar bilan işlaşi ularning oliy ta’lim muassasasida öquv yili şaxsiy iş rejasi bilan belgilanadigan öquv yuklamasiga kiritiladi.

Magistratura talabasi öqiyotgan oliy ta’lim muassasasida işlamaydigan xodimlardan bölgan ilmiy rahbar mehnatiga haq tölaş belgilangan tartibda mehnatga soatbay haq tölaş şartlari böyiça bir öquv yiliga bir magistratura talabasi uçun 50 soatdan oşmagan hajmda, tegişli oliy ta’lim muassasasi xarajatlar smetasida bu maqsadlar uçun nazarda tutilgan mablağlar doirasida amalga oşiriladi.

Professor yoki fan doktori beştagaça, şuningdek dotsent, fan nomzodi va mutaxassis uçtaça magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlikni amalga oşirişi mumkin.

Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy ta’lim muassasasi yoki fakultet öquv-metodik kengaşida muhokama qilingan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatçilari) ilmiy işlar böyiça prorektor (direktor örinbosari) taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari öqiyotgan birinçi öquv yilining birinçi ikki oyi içida tegişli oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyruği bilan tasdiqlanadi.

Ilmiy rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelişi mumkin bölgan masalalar böyiça tizimli ravişda yordam beriş maqsadida maslahatlar jadvalini tuziş;
  • tadqiqot usullarini tanlaşda iştirok etiş va ularni tadqiqot işida qöllaşda magistratura talabasiga kömaklaşiş;
  • magistratura talabasining belgilangan kalendar iş rejasi böyiça işlarning bajarilişini va magistrlik dissertatsiyasi öz vaqtida tayyorlanişini nazorat qiliş;
  • dastlabki himoyagaça magistrlik dissertatsiyasiga xulosa beriş.

Magistrlik dissertatsiyasining tuzilişi va uning mazmuniga qöyiladigan talablar

Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bölişi kerak:

  • titul varaq;
  • ikki tilda (öqitiş tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqaça annotatsiyasi;
  • mundarija;
  • kiriş;
  • asosiy qism;
  • xulosa;
  • adabiyotlar röyxati;
  • ilovalar (mavjud bölsa).

Kiriş quyidagilarni qisqaça öz içiga olişi lozim:

  • magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanişi va uning dolzarbligi;
  • tadqiqot ob’ekti va predmeti;
  • tadqiqot maqsadi va vazifalari;
  • ilmiy yangiligi;
  • tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;
  • tadqiqot mavzusi böyiça adabiyotlar şarhi (tahlili);
  • tadqiqotda qöllanilgan metodikaning tavsifi;
  • tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;
  • iş tuzilmasining tavsifi.

Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uç bobdan iborat bölib, boblar hajm jihatidan özaro mutanosib bölişi va quyidagilarni öz içiga olişi lozim:

  • tadqiqot mavzusiga taalluqli boşqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili;
  • tadqiqot metodikasi va işning amaliy qismi bayoni;
  • tadqiqot olib borilgan masalani hal etişda magistratura talabasining şaxsiy hissasi körsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.

Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barça boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, şuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etiş böyiça xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oşmasligi kerak.

Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etiş uçun bevosita zarur bölgan qöşimça ma’lumotlarni öz içiga olgan materiallar ilova qilinişi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uçdan bir qismidan oşmasligi lozim.

Magistrlik dissertatsiyasi ustida işlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etişi (plagiat, ma’lumotlarni soxtalaştiriş, şuningdek yolğon tsitatalar keltirişga yöl qöymaslik) lozim.

Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bölib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bölişi lozim:

  • qatorlar oraliği — 1,5 sm;
  • yuqori va pastki hoşiya 2 sm, satr boşi: çap tomondan 3 sm, öng tomondan 2 sm;
  • xatboşilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili.
  • Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman şriftida yoziş tavsiya etiladi.

Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar röyxati va ilovalardan taşqari 70 — 80 sahifa bölişi tavsiya etiladi.

Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi öqigan tilda (kafedra yoki magistratura bölimi tavsiyasiga muvofiq çet tilda) tayyorlanadi. Çet tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan ötkaziladi.

Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakultet Öquv-metodik kengaşining qarori bilan özgartirilişi va köpaytirilişi mumkin.

Dastlabki va rasmiy himoyani ötkaziş tartibi

Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatçi) iştirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada taşkil etiladi.

Dastlabki himoyaga boşqa kafedralardan, şuningdek boşqa taşkilotlardan mutaxassislar taklif etilişi mumkin.

Ilmiy maslahatçi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertatsiyasiga xulosa oliş ham talab etiladi.

Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi içki va taşqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, şuningdek dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bölişi kerak.

Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yiğilişi bayonnomasi bilan rasmiylaştiriladi.

Içki va taşqi taqrizçilarni oliy ta’lim muassasasining tegişli kafedrasi tavsiya etadi va ularning röyxati ilmiy işlar böyiça prorektor (direktor örinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.

Taqrizçi vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi töğrisida xulosa taqdim etiş;
  • dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etiş;
  • kasb odob-axloqi qoidalarining buzilişi holatlari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalaştiriş, yolğon tsitata keltiriş va boşqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda körsatiş.

Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalaştiriş, yolğon tsitata keltiriş va boşqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, şuningdek uşbu holatlarni qisqa muddatda tuzatiş imkoniyati mavjud bölmaganda taqrizçi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qöyiş maqsadga muvofiq emasligi töğrisida xulosa beradi.

Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qiliş kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyruği bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.

Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim muassasasining Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi örinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan ötkaziladi.

Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilişi va 20 daqiqadan oşmasligi lozim.

Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

  • magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan boğliqligini körsatib bera olişi;
  • magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etişga mustaqil yondaşuvi;
  • foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy naşrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, şuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining töliqligi va çuqurligi;
  • tadqiqot usullari amaliyotda qöllanilganligining asoslanganligi;
  • olingan natijalar asosida işlab çiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati;
  • magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida ötkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantiriş istiqbollarini köra biliş qobiliyati;
  • magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi özaro mantiqiy boğliqlikni kuzata biliş malakasi.

«Qoniqarsiz» baho qöyilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyaga qöyilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qiliş huquqiga ega.

Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengaşida muhokama etiladi.

Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy ta’lim muassasasida 3 yil davomida saqlanadi.

Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:18