Dissertatsiya matnini bölimlarga ajratiş

  • Startseite
  • Dissertatsiya matnini bölimlarga ajratiş

Dissertatsiya matni, har qanday boşqa matn kabi, yirik va kiçik qismlar – boblar, paragraflar va punktlar, arab va rim raqamlari bilan belgilangan punktlar, rus yoki lotin harflari bilan belgilangan mayda rubrikalarning mavjudligi bilan namoyon böladi. Rubrikatsiyaning eng sodda körinişi – matnning abzaslar yordamida paragraf yoki punktlarga bölinişidir. Abzaslar matn içida mantiqiy tugallanişlarni aniq körsatib turadi. Şuning uçun ularga boşqaça bölinmaydigan mantiqiy aksentlarni ajratib turuvçi kompozitsion usul sifatida qaraş kerak. Abzasga tegişli mantiqiy butunlik matnni yaxşiroq qabul qilişga yordam beradi. Şuning uçun dissertatsion işni abzaslarga töğri böliş uning öqilişi va anglaşini osonlaştiradi.

Işning yirikroq qismlarga böliş matnning içki mantiği bilan belgilanadi. Masalan, agar bob paragraflarga bölinsa, paragraflar biri-birlarini takrorlamasliklari, lekin bobning umumiy mazmunini oçib berişlari kerak.

Bu qoidaga amal qilmaslik xatolarni keltirib çiqaradi. Xususan, bobni oçib beriş uçun paragraflar köpayib ketişi yoki aksinça, mazmunini yoritiş uçun paragraflar yetişmasligi mumkin.

Bobni paragraflarga böliş bir xil tamoyil asosida amalga oşiriliş kerak.

Bobni paragraflarga bölişda ayrim klassifikatsion turlarni közdan qoçirmaslik kerak. Masalan, "Gap turlari” bobini uçta:

  • sodda gaplar
  • ergaş gapli qöşma gap
  • ergaşmagan gapli qöşma gap

Paragraflarga böliş notöğri böladi. Uni ikki qismga böliş töğri böladi, ya’ni :

  • sodda gaplar
  • qöşma gaplar

Boblar va paragraflar şunday bölinişi kerakki, nomlar matn mazmuniga töliq mos kelişi kerak. Sarlavhalarda tor mutaxassislikka oid atamalar, qisqartmalar, abbereviaturalar, matematik formulalardan foydalanmaslik kerak. Sarlavhalar ortiqça sözlarsiz qisqa, ayni damda bitta sözdan iborat ham bölmasligi kerak. Bir sözli sarlavha aniqlikni yöqotadi va alohida bob yoki paragraf uçun kerak bölmagan kenglikka ega böladi. Bobning nomini bir neça qatorga çöziş ham kerak emas.

Boblar, paragraflar va punktlar tartib raqamga ega bölişi kerak. Bunda rim va arab raqamlaridan, rus yoki lotin harflaridan foydalaniladi. Msalan, boblar rim raqamlari bilan, paragraflar va punktlar arab raqamlari bilan belgilanadi. Matn rubrikalari rus yoki lotin harflari bilan belgilanadi. Sönggi vaqtda yirik bölimlar bitta arab raqami bilan, punktlar esa ikkita yoki uçta raqam bilan belgilaş urf böldi (masalan 2.1.-bölim).

Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:15