Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiylari universitetida Yevropaning yetakchi ta’lim muassaasalari professorlari tomonidan uchrashuv va trening kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining 6 ta va Yevropaning 6 ta universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida 609564-EPP-1-2019-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology (MechaUz)” xalqaro loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida O‘zbekistonda mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishini modernizatsiya qilish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki loyiha doirasida joriy yilning 15-19-may kunlari navbatdagi beshinchi yuzma-yuz uchrashuv va uchinchi trening kundaligi va kurslarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mezbonlik qilmoqda. Ushbu uchrashuv va trening kurslarida yevropa davlatlarining 6 ta oliy taʼlim muassasasi, jumladan Gretsiyaning Xalqaro Xellenik universiteti va Janubiy-Sharqiy Yevropa tadqiqot markazi, Litvaning Vilnyus Gediminas texnika universiteti, Latviyaning Liepaya va Vidzeme amaliy fanlar universiteti, Portugaliyaning Viana-du-Kashtelu politexnika instituti, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda 5 ta Oliy taʼlim muassasasi, jumladan Andijon mashinasozlik instituti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Farg‘ona politexnika instituti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Toshkent davlat texnika universitetidan vakillar ishtirok etmoqda.
Uchrashuvni universitetning “Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha” prorektori Komil Tashev ochib berdilar va seminar tashkilotchilari va ishtirokchilariga o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildirdi. Uchrashuv davomida har bir ta’lim muassasasidan mas’ul vakillari belgilangan vazifalarni va erishilgan natijalarni muhokama qildilar.