So'nggi yangiliklar

Universitetimizga TATUning xalqaro strategik hamkori hisoblangan Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha Vitse-Prezidenti Kim Byoung Joon tashrif buyurdi.

Hozirgi kunda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan moliyalashtirilgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasining muhim qismi bo‘lgan "FabLab" ilmiy-amaliy innovatsion laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu laboratoriyani zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlash va loyiha doirasida TATUda tashkil etilgan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi.

13-05-2025 | 09:36 Batafsil

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov hamda rahbariyat vakillari universitetda tahsil olib, ijarada yashayotgan Radio va mobil aloqa fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.

Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilib, is gazining oldini olish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirib, mavjud muammolarni bayon etdilar. Ularning murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi.

12-05-2025 | 12:16 Batafsil

“CanSat Uzbekistan-2025” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi

Yoshlar o‘rtasida kosmik texnologiyalar, astronavtika va muhandislikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning bu boradagi g‘oya, tashabbus hamda ixtirolarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekkosmos” agentligi "CanSat Uzbekistan-2025" musobaqasining final bosqichini Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Yangi hayot” ochiq uchish aerodromida o‘tkazdi.

12-05-2025 | 09:43 Batafsil

So'nggi E'lonlar

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bugun, 2025-yil 10-may kuni soat 13:30 da universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari uchun "Bahodir Yalangto‘sh" filmi namoyish etiladi.

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bugun, 2025-yil 10-may kuni soat 13:30 da universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari uchun "Bahodir Yalangto‘sh" filmi namoyish etiladi.

10-05-2025 | 12:13 Batafsil

Universitetimiz faxri — “STATUS” QVZ terma jamoasi saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining PREMYER LIGASI 3-MAVSUMI YARIM FINAL bosqichiga yo‘l oldi!

Universitetimiz faxri — “STATUS” QVZ terma jamoasi saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining PREMYER LIGASI 3-MAVSUMI YARIM FINAL bosqichiga yo‘l oldi!

08-05-2025 | 09:59 Batafsil

7-may – Aloqachilar kuni munosabati bilan Jahon standartlariga mos keluvchi, talaba yoshlar uchun professional o‘quv kurslariga start berildi. Kelajak kasblariga yo‘l ochuvchi yangi imkoniyat — 3+ loyihasi TATUda!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Hindiston axborot texnologiyalari markazi va IT-PARK rezidenti “AIRPARK NATIONAL AVIATION CENTER” hamkorligida talaba-yoshlar uchun zamonaviy va xalqaro standartlarga mos 3+ o‘quv loyihasi ishga tushirildi.

08-05-2025 | 09:51 Batafsil

Hurmatli magistratura bosqichi talabalari!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari sizlarni talabalar almashinuvi dasturida (Student Exchange Program) ishtirok etishga taklif etadi.

07-05-2025 | 10:28 Batafsil

Abiturientlarga

Ko‘p beriladigan savollar

Abiturientlar tomonidan eng ko‘p beriladigan savollar bilan tanishing. Ushbu bo‘limda savol qoldiring.

Mutaxassislik yo‘nalishlari

Ushbu bo‘limda mutaxassislik yo‘nalishlari, mos test kodlari va imtixon fanlari bilan tanishing.

Qabul nizomi

Universitet qabul nizomi va me’yoriy hujjatlar bilan ushbu bo‘limda tanishib chiqing.

Talabalarga

Ko‘p beriladigan savollar

Talabalar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga ushbu bo‘limda javob toping. O‘qish va ilimiy jarayonga oid savollar qoldirishingiz mumkin.

On-layn resurslar

Talabalar uchun on-line resurslar, elektron kutubxona, masofaviy ta’lim va videodarsliklar.

Stipendiyalar, grantlar va kreditlar

Talabalar uchun turli grant dasturlari, davlat stipendiyalari va chet el grantlari haqida batafsil bilib oling.

0

Fakultetlar

34000

Talabalar

1000

O`qituvchilar

0

Hamkorlar