Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU kengaşining 2025-yil 30-avgustdagi yiğilişi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU kengaşining 2025-yil 30-avgustdagi yiğilişi

2025-YIL 30-AVGUST KUNI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOŞKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETINING 1 (754)-SONLI ILMIY KENGAŞ MAJLISI BÖLIB ÖTDI.

 

2025-yil 30-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining 1 (754)-sonli Ilmiy kengaş majlisi bölib ötdi. Mazkur yiğilişda universitet faoliyatining muhim yönalişlari, xususan, 2025/2026-öquv yiliga tayyorgarlik, ta’lim jarayonini takomillaştiriş, normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş hamda taşkiliy masalalar atrofliça muhokama qilindi.

Yiğiliş avvalida Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada taşkil etiş masalasi körib çiqildi. Uşbu yönalişda talabalar örtasida vatanparvarlik ruhini mustahkamlaş, milliy qadriyatlarni keng tarğib etiş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga qaratilgan kompleks tadbirlar rejasini amalga oşiriş zarurligi ta’kidlandi.

Şundan söng universitetning 2025/2026-öquv yiliga tayyorgarlik holati tahlil qilindi. Öquv jarayonlarini sifatli taşkil etiş, moddiy-texnik bazani mustahkamlaş, professor-öqituvçilar tarkibini samarali şakllantiriş hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etiş böyiça aniq vazifalar belgilab olindi.

Kengaş yiğilişida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 149-son qarori asosida ta’lim grantlari ajratiladigan talabalar röyxatini tasdiqlaş masalasi ham körib çiqildi va tegişli tartibda tasdiqlandi.

Muhim masalalardan biri sifatida universitetda ötiladigan fanlar böyiça öquv dasturlari hamda 2025/2026-öquv yiliga möljallangan öquv rejalari tasdiqlandi. Mazkur qarorga köra, yangi öquv yilida kunduzgi ta’lim şaklining 1-bosqiçida 22 ta ta’lim yönalişi, magistraturaning 1-bosqiçida esa 31 ta mutaxassislik böyiça ta’lim jarayoni taşkil etilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, masofaviy ta’lim şaklida 11 ta yönalişda öquv jarayonlari yölga qöyilişi belgilandi.

Hisobotda qayd etilişiça, universitetda yangi taşkil etilgan “Biznesni boşqariş”, “Marketing” hamda “Elektronika va asbobsozlik” ta’lim yönalişlari, şuningdek, “Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti”, “Axborot tizimlari”, “Televideniye, radioaloqa va radioeşittiriş tizimlarining xavfsizligi” mutaxassisliklari böyiça öquv rejalari işlab çiqilgan. Uşbu öquv rejalari Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli buyruqlari asosida şakllantirilib, xalqaro TOP-300 oliy ta’lim muassasalari tajribasi hamda mahalliy mehnat bozori talablariga mos holda takomillaştirilgan. Şu bilan birga, ayrim mutaxassisliklar uçun yangi fan dasturlari va sillabuslar işlab çiqilganligi qayd etildi.

Kengaş yiğilişida yana bir muhim masala, universitetning Öquv-uslubiy boşqarma Nizomini tasdiqlaş masalasi muhokama qilindi. Mazkur Nizom Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-iyuldagi 252-son buyruği asosida işlab çiqilgan bölib, unda boşqarma tuzilmasi, boşqaruv tizimi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, şuningdek, xodimlarning lavozim vazifalari batafsil yoritilgan. Uşbu Nizom universitet rahbariyati va tegişli tarkibiy bölinmalar tomonidan körib çiqilib, ma’qullangan hamda Kengaş tomonidan tasdiqlandi.

Yiğiliş davomida bir qator taşkiliy masalalar ham körib çiqildi. Jumladan, Kengaşning 2025/2026-öquv yili uçun iş rejasini tasdiqlaş, assistent-öqituvçilarga ma’ruza öqiş huquqini beriş, masofaviy ta’lim şakli böyiça qöşimça qabul kvotalarini taşkil etiş, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan yaratilgan “AKT körsatkiçlari” platformasiga zarur ma’lumotlarni taqdim etiş, moliyaviy mablağlardan maqsadli foydalaniş va moliyaviy intizomni mustahkamlaş hamda Kengaş tarkibiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş masalalari muhokama qilinib, tegişli qarorlar qabul qilindi.

Yiğiliş yakunida körib çiqilgan barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlaş böyiça mas’ullar belgilandi. Umuman olganda, mazkur Kengaş yiğilişi universitetda ta’lim sifatini oşiriş, boşqaruv tizimini takomillaştiriş hamda yangi öquv yiliga puxta tayyorgarlik körişda muhim ahamiyat kasb etdi.

 

 

Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:15