Raqamli ma’lumotlar, agar ular ahamiyat kasb etsa, jadvallar körinişida taqdim etiladi.
Jadval – qisqa sarlavhalar va tartib raqamlari bilan töldirilgan gorizontal va vertikal grafalar tizimidir. Tematik sarlavhalar, grafalar sarlavhalarning takrorlanişiga yöl qöymaslik kerak, sözlar takrorlanmasligi lozim.
Asosiy sarlavha (qoida böyiça birlikda, boş kelişikda) jadvalning öziga boş harflar bilan yoziladi. Tobe sarlavhalar kiçkina boş sarlavhalar aniq va sodda bölişi lozim.
Jadvallar mavzu va mazmuniga köra tartib raqam va nomga ega bölişi kerak. Barça jadvallar matn böyiça arab raqamlari bilan belgilanadi. Jadvalning yuqori öng qismida, "...-jadval” sözi yoziladi. Masalan, "6-jadval” nuqta qöyilmaydi, № belgisi berilmaydi. Agar jadval bitta bölsa "jadval” sözi yozilmaydi. Jadvalning tematik sarlavhasi sahifaning örtasida joylaştiriladi, boş harflar bilan yozilib, oxiriga nuqta qöyilmaydi. Jadvalda qisqartmalarga yöl qöyilmaydi.
Raqamlaşlaş butun iş davomida yoki alohida boblar böyiça amalga oşirilişi mumkin. Ikkinçi holatda jadval ikkita raqamli bölib, raqamlar orasiga nuqta qöyiladi.
Agar jadval bitta standart varaqqa siğmasa, uning davomini keyingi sahifada beriş mumkin. Bunda jadval sarlavhasi takrorlanadi va "6-jadvalning davomi” degan sözlar yoziladi. Agar sarlavha katta bölsa, uni qaytadan yoziş şart emas, grafalar nomerlanadi va keyingi sahifada davom ettiriladi.
Barça raqamli ma’lumotlar bir xil, taqqoslanişi mumkin bölişi kerak, ularni guruhlaş asosini muayyan belgilar taşkil etişi lozim.
Çop etilgan materiallardan olingan jadvallardan foydalanilganda uning qaerdan olinganini körsatiş lozim. Jadvalning grafalarida böş joylar qolmasligi kerak. Agar ma’lumot bölmasa "tire” qöyiladi yoki "yöq” sözi yoziladi. Matnda jadval haqida söz borsa havola qilinadi (1.1-jadval). Aytaylik, bu birinçi bobning birinçi jadvali.