Ilmiy doklad körinişidagi dissertatsiya

  • Asosiy
  • Ilmiy doklad körinişidagi dissertatsiya

Fan doktori ilmiy darajasi uçun dissertatsiya ilmiy doklad körinişda taqdim etilişi mumkin.

Ilmiy darajalarni taqdim etiş tartibi töğrisidagi Nizomda (10 punkt) "tadqiqotçi tomondan u çop ettirgan va tegişli fan sohasi mutaxassislarining keng doirasiga ma’lum, fan va amaliyot uçun ahamiyatli bölgan ilmiy doklad körinişidagi dissertatsiya u ötkazgan tadqiqotlar va işlanmalar natijalarining qisqa umumlaştirilgan bayoni”dir deyilgan.

Tadqiqotçi ilmiy işining ahamiyati va dissertatsiyaning ilmiy doklad körinişida himoya qilinişi maqsadga muvofiqligi töğrisidagi xulosani asosiy tadqiqotlar olib borilgan korxona beradi.

Dissertatsiyani ilmiy doklad körinişida tayyorlaş taniqli mutaxassislarga, işlari keng doiradagi ommaga ma’lum, işlari ahamiyati jihatdan maşhur tadqiqotçilarga ruxsat etiladi.

Ayni paytda dissertatsiyani ilmiy doklad körinişda tayyorlaş doktaranturani tugatayotgan, ilmiy maslahatçilarga ega tadqiqotçilarga ruxsat etiladi.
Ilmiy doklad körinişidagi dissertatsiyalar böyiça avtoreferatlar çop etilmaydi. Ilmiy doklad avtoreferat kabi tarqatiladi.

Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:18