Dissertatsiyani himoyasi uçun plakatlarni tayyorlaş

  • Asosiy
  • Dissertatsiyani himoyasi uçun plakatlarni tayyorlaş

Plakatlarni EHMda, zamonaviy kompyuter vositalaridan foydalanib, masalan AutoCAD, KOMPAS grafik redaktorlar tizimida tayyorlaş eng yaxşi variant hisoblanadi. Bu dastlabki himoya, ijodiy tahlil jarayoni vaqtida aniqlangan xatolarni öz vaqtida tuzatiş imkonini beradi. Biroq kompyuterda plakat tayyorlagan dissertant uning hammaga körinişli bölişini ta’minlaşi kerak.

Buning uçun plakatlarning bir neça nusxasini komissiya a’zolari uçun çiqarib qöyiş qulay böladi. Plakatlarni şuningdek tuş bilan millimetrli qoğozlarga, şriftli trafaretlarga flamaster bilan tuşiriş ham qulaylik tuğdiradi.

Istalgan variantda ham plakatlar toza, tuşirilgan formulalar aniq, xatosiz bölişi lozim.

Plakatlar mazmunan dissertatsiya mazmuniga mos kelişi kerak.

Eng birinçi plakatda dissertant dissertatsiya mavzusi, uning maqsadi va vazifalari, tadqiqot usullari, dissertatsiya natijalari, dissertatsiya mavzusi böyiça çop etilgan işlar, natijalarning amaliyotga tadbiqi haqidagi ma’lumotlarni beriş maqsadga muvofiq.

Keyingi plakatlar ketma-ket, dissertatsiya strukturasiga mos ravişda, birinçi plakatdan kutilmaganda oxirisiga ötmasdan berib boriladi.

Plakatlardagi illustrativ material yetarliça bölişi, haddan ziyod körpayib işning hajmi köpligini namoyiş qilmasligi kerak. Plakatlarda, eng avvalo muallif tadqiqotining yangiligini isbotlovçi materiallar berilişi kerak: bu original sxemalar, ossillogrammlar, qurilmalar fotosurati va h.k. Bunda hammaga ma’lum matematik formulalarni bermagan ma’qul.

Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:15