Dissertatsiya işining mavzusini "OAK Byulleteni" jurnalida e’lon qiliş uçun quyidagi hujjatlar OAKga taqdim etiladi:
1. Iş bajarilayotgan taşkilotning yöllanma xati. Xatda:
- talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- dissertatsiya mavzusi va dissertatsiya maqomi (nomzodlik yoki doktorlik);
- ixtisoslik şifri va nomi;
- dissertatsiya yoqlanayotgan fan sohasi (masalan: biologiya fanlari);
- ilmiy maslahatçi (doktorlik dissertatsiya işi mavzusi uçun) yoki ilmiy rahbar (nomzodlik dissertatsiya işi mavzusi uçun) ning familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni;
- taşkilotning elektron manzili keltirilişi şart.
2. Talabgorning oliy ma’lumoti haqidagi diplomining (magistrlik diplomining) nusxasi. (Fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlar uçun fan nomzodi diplomining nusxasi).
3. Mavzuning tasdiqlanganligi haqida ilmiy va muvofiqlaştiruvçi kengaşlar qarorlaridan köçirmalar.
4. Ilmiy rahbar (maslahatçi) tasdiqlanganligi haqida ilmiy kengaş qaroridan.
5. Dissertatsiya işi mavzusini tanlaş böyiça asosnoma.
(Mavzuning dolzarbligi, uning respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yönalişlariga mosligi, muammoning örganilganlik darajasi, işning ilmiy-tadqiqot işlari rejalari bilan boğliqligi, tadqiqotning maqsadi, ob’ekti va predmeti hamda kutilayotgan ilmiy yangiliklar. Uşbu mavzu böyiça rejalaştirilayotgan işlar, tadqiqot usullari böyiça ma’lumotlar. Fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlar uçun, şuningdek, nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi, olingan natijalar töğrisida qisqaça ma’lumot, ixtisosligi, ilmiy rahbari, fan nomzodi ilmiy darajasida tasdiqlangan yili keltirilişi kerak).
6. E’lon matni:
- Talabgorning töliq familiyasi ismi şarifi: dissertatsiya mavzusi (ixtisoslik şifri)
- Ilmiy rahbar (maslahatçi): ilmiy darajasi, unvoni, ismi şarifi familiyasi
- Iş bajarilayotgan taşkilot: Taşkilotning töliq nomi
Izoh: e’lon matni elektron versiyasi ham topşirilişi kerak.