Dissertatsiya ishi natijalari ma’ruzasi haqida

  • Asosiy
  • Dissertatsiya ishi natijalari ma’ruzasi haqida

Ixtisoslashgan kengash dissertatsiya ishining asosiy natijalarini bayon qilish uchun nomzodlik dissertatsiyasi dissertantiga 20 daqiqa, doktorlik ishi tadqiqotchisiga 40 daqiqa vaqt ajratadi. Tadqiqotchi bunga tayyorlanishi, ma’ruzani mantiqan tuzishi, uning asosiy va ikkinchi darajali qismlarini aniq ajratib bayon etishi va ajratilgan vaqtdan ortiqcha so‘zlamasligi kerak.

Ma’lum qoidalarga ko‘ra tadqiqotchi dissertatsiya natijalari to‘g‘risidagi dokladda kirish, asosiy xulosa qismlardan ifodalanishi kerak. Doklad quyidagicha qurilishi kerak:

  • dissertatsiya nomi;
  • ishning zarurligi va dolzarbligining asoslanishi;
  • ma’lum va noma’lumlik o‘rtasidagi ziddiyat;
  • dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy muammo;
  • dissertatsiya ishining maqsadi;
  • ma’lum yechimlarning tizimlanishi;
  • ilmiy muammolarni hal qilishda quyidagilar bajarilishi kerak ... ;
  • masala yechimiga mumkin bo‘lgan yondashuvlar;
  • ma’lum yechimlardan farq qiluvchi yangi yechimlar, ularning maqsadga erishishdagi ahamiyati;
  • nazariyaning ilk bor yechilgan masalalari;
  • hisoblashlarning yangi metodikasini yaratish;
  • nazariy qarashlarni tasdiqlovchi eksperimental tadqiqotlar;
  • samaradorlikni oshiruvchi natijalar;
  • korxonalarda muvaffaqiyatli tadbiq etilgan natijalar;
  • foydalanilayotgan tavsiyalar;
  • dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kelgusidagi tadqiqotlar istiqboli;
  • ish bo‘yicha umuiy xulosa.

Doklad xulosasini qog‘ozga qaralamasdan og‘zaki bayon qilgan ma’qul, bundan dolzarblik, yangilik, to‘g‘rilik, amaliy foydalilik jihatlarga to‘xtab o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Shuni qayd etish kerakki, dissertatsiyaning muvafaqqiyati dissertantning chiqishlari sifatiga bog‘liq bo‘ladi.