Dissertatsiya himoyasi tartibi

  • Asosiy
  • Dissertatsiya himoyasi tartibi

Nihoyat himoya kuni yetib keldi. Barça opponentlar kelişdi. Taqriz olindi. Ma’ruza yod olingan. Ixtisoslaşgan kengaş azolari rais boşçiligida kvorumga yetarli miqdorda yiğildilar va kengaş boşlandi.

Kengaş ötkazişning qat’iy örnatilgan tartibi bor. U ixtisoslaşgan kengaş töğrisidagi nizomda belgilangan. Lekin öz qoidalari yölga qöyilganligi va reglamentga qaramay himoya jarayoni qiziqarli dramatik, hatto teatrlashtirilgan tomoşaga öxşaydi, unda iştirok etganlar faqat tomoşabin emas, balki aktyorlar hamdir. Tadqiqotçi esa boş rolni ijro etadi.

Kengaşni xay’at raisi oçib beradi. Taşrif koğoziga asoslanib, u kengaş a’zolariga kengaşning xuquqiyligi hakida xabar beradi, tadqiqotçi tomonidan dissertatsiya himoyasini e’lon qiladi, dissertatsiya nomini rasmiy opponent familiyalarini yetakçi taşkilot nomini körsatib ötadi. Kengaş oçilişidan oldin kengaş a’zolariga dissertatsiya böyiça xulosa loyihasi tarqatiladi, keyin söz ilmiy kotibga beriladi u tadqiqotçi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosiy mazmuni va ularning örnatilgan tartibga mosligi haqida qisqaça ma’ruza kiladi.

Ma’ruza uçun söz dissertatsiya işining natijalari haqida tadqiqotçiga berildi.

Ma’ruzaning tuzilişi varianti avvalroq keltirilgan. Bu yerda ma’ruzaning uslubi haqida bir neça fikr bildirmoqçimiz.

Ilmiy ma’ruzada faqat yaxşi tuşunarli mazmunda emas, balki barça xay’at a’zolariga ham tuziliş ham uslubiyati jihatidan tuşunarli bölişi muhimdir. Hay’at a’zolari qarama-qarşilikni nozik his qiluvçi va vaziyatni yetarli asoslanganligini sezuvçi yuqori kvalifikatsiyali olim hamda mutaxassislardir.

Buning uçun dissertatsiya işi mavzusi böyiça muttaxasis bölişi şart emas. Şuning uçun asosiy vaziyatni argumentlaş işonçli ketma-ketlikda qarama-qarşiliksiz şaxsiy mantiqiy qonunlariga aniq asoslangan bölişi kerak.

Ma’ruza va natijalarga yakun yasab, hay’at a’zolariga e’tiborlari uçun minnatdorçilik bildiriladi.

Himoyaning eng mas’uliyatli daqiqasi ixtisoslaşgan kengaş a’zolarini savollariga tadqiqotçining bergan javoblari. Himoyaning aynan şu bölimida ilmiy darajaga talablar şaxsning ilmiy körinişi va individualligi namoyon buladi. Turli köriniş va xarakterdagi savollarga javob berişga tayyorlaniş talab kilinadi. Şunday fikr mavjudki birinçi körinişda oddiy bölib tuyilgan savolga javob beriş murakkab böladi. Bu haqiqatdan ham şunday, masalan bunday sodda savolda "Dissertatsiyangizda qanday yangilik yaratildi?”, savolga aniq javob berişingizga qöşimça belgi va öziga xoslikni öz içiga olmaydi. Tadqiqotçiga savol beruvçini qanday yangilik qiziqtirayotgani tuşunarsiz: umumanmi yoki konkret bölimmi. Bunday holatga savolni aniqlaştiriş maslahat beriladi, bu uni noqulay vaziyatga solişi mumkin yoki özi savolni kengaytirib, aniklaştirib beradi.

Umumiy xarakterga ega bölgan savollarga javobni biliş kerak: yangilik haqida haqqoniylik, aktuallik, fan va amaliyot uçun foydalilik izlaniş ob’ekti va predmeti haqida va ularni oldindan tayorlaş kerak.

Tadqiqotçining yetukligi işiga xos savollarga javoblarda va dissertatsiya mavzusiga oid barça nozik tomonlarida körinadi. Bu yerda butun borliğingizni namoyon qiling. Bu qanday amalga oşiriladi? Himoyadan oldin yana bir bor diqqat bilan özingizni dissertatsiya va avtoreferatingizni öqib çiqing. Muammo, savol, masalalar tarixini örganib çiqing. Asos soluvçilarning familiya va ularning yutugqlarini qaytaring, iş mavzusi böyiça hammualliflarni, hamkasb va opponentlarnini yodga oling, perspektiv işlanmalarning rejasini tuzing. Bir söz bilan aytganda: muvvaffaqiyat garovi töxtovsiz mehnat va himoyaga tayyorgarlikda. Kengaş a’zolariga e’tiborli va hurmatli böling, iloji bölsa har birini ismi, şarifini bilib oling. Agar savol qaytarilsa, unga javob bergan edim demang, yaxşisi javobga boşqa tomondan yondashing. Agar savolga javob darrov kelmasa, buni xayajonlanganingizdan Ekanligini aytib, javob bering. Insonga xos xislatlar barça kişilar tomonidan e’tiborga olinadi.

Tadqiqotçining javoblaridan söng söz ilmiy rahbarga yoki maslahatçiga söz beriladi va dissertatsiya işi bajarilgan muassasa yoki tadqiqotçi biriktirilgan korxona xulosasi e’lon qilinadi, yetakçi taşkilot taqrizi, dissertatsiya va avtoreferatga kelgan boşqa taqrizlar eşittiriladi.

Avtoreferat yoki dissertatsiyaga yetarli darajada ijobiy taqrizlar bölsa, ilmiy kotib kengaş a’zolari ruxsati bilan öqib beriş örniga körsatilgan kamçiliklarni körsatib umumlaştirib beradi. Salbiy taqrizlar töliq öqib eşittiriladi.

Taqrizlar öqib bölingaç tadqiqotçiga taqrizlarda körsatib ötilgan kamçilik böyiça söz beriladi. Tadqiqotçi ilgari tayyorlangan javoblarni qöşimçalarsiz öqib eşittiradi.

Söng rasmiy opponentlar çiqadi. Opponentlar çiqişidan keyin tadqiqotçiga söz beriladi. Tadqiqotçi hohişiga qarab javob beriş har bir opponentdan keyin berilişi mumkin.

Keyingi muhokamada himoyada katnaşayotganlar ham qatnaşişlari mumkin. Çiqişlardan avval ba’zan kutib qolinadi, uni töldiriş zarur. Buning uçun tadqiqotçi oldindan ba’zi kengaş a’zolarini dissertatsiya muammolari bilan taniştirişi mumkin, bu kutişni qisqartirib iş natijalarini tanqidiy muhokama kilişdan olib qoladi.

Muhokama tugagaç tadqiqotçiga yakuniy söz beriladi. Unda tadqiqotçidan faqat himoya jarayonida va uni tayyorlaşda unga yordam berganlarga minnatdorçilik bildiriş kutiladi.

Tadqiqotçining yakunlovçi sözidan keyin ilmiy daraja beriş masalasi böyiça yopik ovoz beriladi. Ovoz beriş byulleten’ bilan amalga oşiriladi. Kengaşda iştirok etuvçi ovoz beriş huquqiga ega kengaş a’zolarining uçdan ikki qismi ovoz bersa, ixtisoslaşgan kengaş natijasi ilmiy daraja berişi ijobiy xisoblanadi.

Hisob komissiyasi bayonnomasini tasdiqlagandan keyin hay’at xulosasi loyihasi muhokama qilinadi.

Ilmiy daraja beriş masalasi böyiça salbiy natija berilsa xulosa qabul qilinmaydi. Xulosa matni dissertatsiya natijasi klassifikatsiya belgilarini körsatiş hay’at a’zolarining oçiq oddiy ovoz beriş yuli bilan qabul qilinadi. Undan keyin tadqiqotçiga e’lon qilinadi. Şu bilan hay’at kengaşi yopiq deb hisoblanadi.

Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:18