Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Koreya Respublikasining Kookmin universiteti vasiylik kengashi raisi Mr.Jiyong Kim, universitet prezidenti Dr.Seung Ryul Jeong boshchiligidagi delegatsiya tashrifi buyurdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Koreya Respublikasining Kookmin universiteti vasiylik kengashi raisi Mr.Jiyong Kim, universitet prezidenti Dr.Seung Ryul Jeong boshchiligidagi delegatsiya tashrifi buyurdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Koreya Respublikasining Kookmin universiteti vasiylik kengashi raisi Mr.Jiyong Kim, universitet prezidenti Dr.Seung Ryul Jeong boshchiligidagi delegatsiya tashrifi buyurdi.

🤝 Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari R.Karimjonov boshchiligida kutib olindi. Ushrashuv davomida O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim olishlari uchun davlat dasturlari bo‘yicha fikr almashildi.

💬 Shuningdek, delegatsiya a’zolari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, yuqori malakali IT mutaxassislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yishda hamkorlikni kengaytirish, TATU va Kookmin universitetlari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

Mazkur tashrif davomida Kookmin universiteti va TATU o‘rtasida joriy o‘quv yilida “Biznes IT qo‘shma ta’lim dasturi” yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

🗒 Ma’lumot uchun: Koreya Respublikasining Kookmin universiteti bilan hamkorlikda Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Biznes IT” taʼlim dasturi va innovatsion ekotizimni yaxshilashga qaratilgan umumiy qiymati 5 million dollarga teng bo‘lgan“ TATUda innovatsion biznes IT taʼlim tizimini tashkil etish” grant loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

📌 Mazkur loyihaning asosiy maqsadi: Oʻzbekistonda oliy taʼlim salohiyatini mustahkamlash va raqamli iqtisodiyotni boshqaradigan AKT innovatsion isteʼdodlarini tarbiyalash va sanoat-akademik hamkorlik modelini yoʻlga qoʻyish orqali milliy iqtisodiyotga hissa qoʻshishdan iborat.