
Seminar uchrashuvda talabalar Investorlik faoliyati, shakllanishi hamda investetsiya kiritish mumkin bo‘lgan sohalar, g‘oyalar haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuingdek seminar jarayonida prof. Elvira Rudolfovna tomonidan hozirgi kunda investetsiya kiritish mumkin bo‘lgan sohalar, kriptovalyuta bozorlari haqida real misollar orqali talabalarga yanada ko‘proq ma’lumot berib o‘tdilar.
💬 Talabalar seminar jarayonida mav zu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar, hamda iqtisodga oid ilmiy yondashuv va texnik yechimlar haqida fikrlar almashishdilar. Yakunda eng dolzarb savollar bo‘yicha taklif va xulosalar ham ishlab chiqildi.
📌 Bu kabi uchrashuvlar talabalarimizning analitik fikrlashini, tanqidiy yondashuvini va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.