
To‘raqo‘rg‘on, Pop, Chust, Mingbuloq, Uchqo‘rg‘on, Uychi, Chortoq, Norin tumanlarining 1500 dan ortiq o‘quvchi va o‘qituvchilari uchun ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda aynan IT yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari, xususan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari hamda kompaniyalar vakillarining kreativ taqdimotlari o‘tkazildi.
Ishtirokchilarning bu boradagi qiziqishlari, ularni o‘ylantirgan savollar muhokama etilib, istiqboldagi rejalar bilan o‘rtoqlashildi.
Jarayonda TATUda yaratilgan shart-sharoitlar, yangi imkoniyarlar borasida Registrator ofisi xodimlari tomonidan qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi.