Qo‘riqlash xizmati

Qo‘riqlash xizmati bo‘limi boshlig‘i:

Karimov Umidjon Usmonjon o‘g‘li

Telefon: (+99871) 238-65-17
E-mail: karimov@tuit.uz 

Bo‘lim quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish;
  • o‘ziga biriktirilgan bino (hudud)ga kirish va chiqish joylarida navbatchilik qilish;
  • ish joyida xizmat formasida bo‘lishi;
  • ishchi-xodim va talabalari hamda boshqa tashrif buyuruvchilarni kirishi va chiqishida tasdiqlovchi hujjatlarini (guvohnomalar, nakladnoy va yo‘l varaqalari va x.k.) tekshirish;
  • avtotransport vositalarini tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha kirib chiqishini ta’minlash va avtotransport vositalarini belgilangan avtoturargohga joylashishini nazorat qilish;
  • binolar yonida avtotransport vositalarini qoldirib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • universitet xududida begona shaxslarning mavjud bo‘lishi va begona buyumlarning qoldirib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan qoidalarni buzgan shaxslarni hatti xarakatlari yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirish va qo‘riqlash xizmati boshlig‘iga taqdim etish;
  • universitet xududiga portlovchi moddalar, tez yonuvchan suyuqliklar, giyoxvandlik vositalari, spirtli ichmliklar va psixotrop moddalar, zaxarli moddalar xamda suyuqliklar, elektroshok moslamalar, sovuq qurollar, siqilgan va suyultirilgan gazlar, shuningdek, kompyuter tarmog‘ining va kuzatuv kameralarning ishlashini buzishi mumkin bo‘lgan texnika moslamalari, xodim va talabalarning xayoti va sog‘ligiga zarar, mulkiy ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa xavfli moddalar va buyumlar kiritilmasligini ta’minlash;
  • o‘zidan keyingi smenada almashinuvchi qorovul bilan birgalikda qo‘riqlash ob’ektini, qulflarni, plombalarni, signalizatsiya moslamalarini, telefonlarning sozligi va yong‘inga qarshi inventarlarni borligini tekshirib chiqish;
  • eshiklar, devor va qulflarni buzilganligi, plomba va pechatlarni yo‘qligi, signalizatsiyani ishlab ketganligi haqida raxbariyat vakili va ichki ishlar xodimlariga xabar berishi, ular kelguniga qadar ob’ektga hech kimni qo‘ymaslik;
  • ob’ektda yong‘in boshlansa, yong‘in xavfsizligi xodimlariga va ichki ishlar xodimlariga xabar berishi, yong‘inni oldini olish choralarini ko‘rish;
  • qorovullik ishini (smenani) qabul qilish va topshirish to‘g‘risida jurnalga qayd qilish;
  • o‘zidan keyingi smenadagi qorovul kelmay qolgan taqdirda qo‘riqlash xizmatiga xabar berish va boshqa xodim biriktirilgunga qadar ish joyini tark etmaslik;
  • qo‘riqlash xizmati boshlig‘i tomonidan vaqti vaqti bilan tashkil etiladigan rotatsiyaga muvofiq yangidan biriktirilgan ish joyida faoliyatini davom ettirish va boshqa qonuniy topshiriqlarni bajarish;
  • binoga kiruvchi xamda binodan chiquvchi moddiy boyliklar, jihozlar va texnik vositalarni nazorat kilish, hamda tegishli hujjati bo‘lmagan xolatda olib chiqib ketilishini oldini olish.