Toshkent Axborot texnologiyalari
universitetining 10 nafar talabalari Rossiya Federatsiyasining professor
M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat
telekommunikatsiyalar universitetida «Qishki maktab - 2017» dasturi
bo‘yicha «Internet Veshey (IoT)» yo‘nalishiga oid 2 haftalik o‘quv
kurslarida ishtirok etishmoqda.
Talabalarga
o‘quv kurslari davomida SPbGUT ning yetakchi professor-o‘qituvchilari
tomonidan IoT konsepsiyasi, rivojlanish tendensiyasi va IoT qurilmalar
o‘rtasida aloqa o‘rnatishda foydalaniladigan protokollar, dasturiy
konfiguratsiyalangan tarmoqlar va IoT o‘rtasidagi bog‘liqlik, 5-avlod
Mobil aloqa tarmog‘i texnologiyalari bo‘yicha nazariy bilimlar
berilmoqda. Talabalar amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari davomida IoT
ilovalari va qurilmalarini ishlab chiqish bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.
TATU talabalar Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar
universitetida joylashgan Mediasentr va universitet tarix Muzeyi bilan
tanishtirildi.
O‘quv kurslari davomida talabalarning Yandex kompaniyasiga tashriflarini uyushtirilishi rejalashtirilgan.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Huawei kompaniyasi birgalikda «Kelajak Nihollari» dasturini joriy qildi
Huawei kompaniyasi
universitetning ilg‘or hamkorlaridan biri sanaladi va kelishuvga ko‘ra
2017-2020 yillar oralig‘ida iqtidorli talabalar loyihalari, g‘oyalari va
ishlanmalari tanlovini o‘tkazilib, g‘oliblar “Huawei” stipendiyasiga taqdim
etiladi. Bundan tashqari yaqin besh yil muddat mobaynida, har yili 10 nafar
talaba “Huawei” ning Pekin va Shenchjen shaharlarida joylashgan o‘quv markazida
AKT va mobil texnologiyalari yo‘nalishida ikki xaftalik kurslarida qatnashib
tajriba almashib keladi.
Bundan tashqari
“Huawei” kompaniyasi mutaxassislari va universitet trenerlari tomonidan HAINA
(Huawei Authorized Information and Network Academy) o‘quv markazida 200 nafar
talabalar uchun sertifikatlangan o‘quv kurslarini tashkil etish yo‘lga
qo‘yilgan.
Mazkur o‘quv
laboratoriyasi zamonaviy tarmoqlarini qurish va boshqarish, tarmoq xavfsizligini
ta’minlash qurilmalari va ta’lim texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib,
zamonaviy tarmoq texnologiyalari bo‘yicha o‘quv kurslari (IP tarmoq, Tarmoq
xavfsizligi) va o‘quv materiallari bilan ta’minlangan. Bundan tashqari
kurslarni bitirgan iste’dodli talabalar “Huawei” kompaniyasi qurilmalari va
texnologiyalarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotini
o‘tashi ko‘zda tutilgan.
Hamkorlik tadbirlari
kompaniya va universitet o‘rtasida ko‘p yillardan beri davom etib kelmoqda.
Jumladan, “Huawei tech. Invesment Tashkent” kompaniyasi va TATU o‘rtasidagi shartnomaga binoan 2012 yildan buyon
“Huawei” kompaniyasi tomonidan universitetda faol hizmat ko‘rsatayotgan
professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar uchun rag‘batlantirish stipendiyasi
joriy etilgan.
2017 yil 1-24 fevral
kunlari “Huawei” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan Telekommunikatsiya
texnologiyalari fakultetining 4 nafar
professor-o‘qituvchilari va 16 nafar
talabalari uchun “Marshrutizatsiya va kommutatsiya” mavzuida o‘quv-trening
kursi tashkil etildi va kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikatlar
taqdim etildi. 2017 yil 23 mart – 8 aprel kunlari 2 – guruhda 20 nafar talabalar o‘quv-trening kursida
ishtirok etdi. Ushbu kurslarni tamomlagan 10
nafar talabalar Xuavey kompaniyasida Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun
tanlab olindi.
2017 yil 1-17 may
kunlari “Huawei” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak nihollari” (“The Seeds for the Future”)
dasturida ishtirok etish uchun 9
nafar talaba va 1 nafar professor-o‘qituvchi
kompaniyaning Xitoyda joylashgan qarorgohi va o‘quv markaziga malaka oshirish
safariga yuborildi. Safar davomida universitetning 4 nafar talabasi Xitoyda
bo‘lib o‘tgan “Buyuk Ipak Yo‘li” konsepsiyasidagi “Bir Mintaqa – Bir Yo'l”
nomini olgan xalqaro forumda ishtirok etdi.
«Seeds for the future» dasturi bo'yicha talabalar amaliyot darslarini boshlashdi
Pekin, Xitoy. 2017 yilning 28 aprel kuni
Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) talabalari,
“Huawei” kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan “Seeds for the Future”, ya’ni “Kelajak nihollari” dasturi bo‘yicha ikki haftalik o‘quv kurslarida ishtirok etishadi.
Mazkur
kurslardan maqsad, O‘zbekistonlik yosh iqtidorli talabalarga axborot
kommunikatsion texnologiyalari, mobil internet aloqasi, kiber
xavfsizlik, telekommunikatsion muxandislik yo‘nalishlarida dunyoda keng
qo‘llanilayotgan yangiliklar va ishlanmalar bilan tanishtirish.
Toshkent
Axborot Texnologiyalari Universiteti “Huawei” kompaniyasining
O‘zbekistondagi yaqin va ishonchli hamkorlaridan hisoblanadi. Ta’kidlash
joizki, kompaniyaning aksariyat muxandis va mutaxassislari aynan shu
universitet bitiruvchilari sanaladi.
“Huawei” kompaniyasi universitetning iqtidorli talaba va yosh
olimlarini rag‘batlantirish maqsadida yaqindan yordam berib keladi va
kelasi 5 yil davomida bunday hamkorlikni yanada oshirishga qaror qilgan.
Bejiz, “HAINA” ya’ni Huawei sertifikatlashtirish akademiyasi aynan shu
universitet qoshida ochilmadi. “Kelajak nihollari” dasturida TATU
talabalari ikkinchi bor ishtirok etmoqdalar.
“Huawei” kompaniyasining bosh direktori janob Van Pen so‘zlaricha,
“Kompaniyaning, O‘zbekistonda AKT sohasida yetishib chiqayotgan
professional kadrlar salohiyatiga o‘z hissasini qo‘sha bilishi - katta
ma’suliyat deganidir. Kelajakda aynan shu mamlakat, butun mintaqada
telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari markaziga aylanishi
mumkin, buning uchun O‘zbekistonda katta salohiyat va imkoniyat mavjud”.
“Seeds for the Future”,
ya’ni “Kelajak nihollari” dasturi, joriy yilning 1 – 12 may davomida
Xitoyning Pekin va Shenchjen shaharlarida o‘tishi rejalangan. Mazkur
loyihada ishtirok etish uchun universitetning 10 nafar talabasi, ikki
bosqichli tanlov asosida saralab olingan. Dastur davomida, talabalar
«cloud-computing» (bulutli texnologiyalar asosida), mobil tarmoq
xizmatlari, telekommunikatsiya taromoqlarini rivojlantirish, internet
jihozlari (IoT),4G stansiyasi, 5G tarmog‘i istiqbollari, xitoy tili
asoslari, madaniyati, tarixiy obidalari kabi mavzularda ham nazariy ham
amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Bundan
tashqari ta’kidlab o‘tish joizki, safar davomida universitetning
talabalari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan “Buyuk Ipak Yo‘li” konsepsiyasidagi “Bir Mintaqa – Bir Yo'l”
nomini olgan xalqaro sammitda ishtirok etishi belgilangan. Mazkur
tadbirda o‘zbekistonlik talabalar “Kelajak nihollari” dasturi
istiqbollari borasida, o‘zlari mualliflik qilgan video-prezentatsiya
bilan chiqib, yuqori martabali mexmonlarni mamlakatimizda yoshlar
ta’limi borasida qiziqtirgan savollariga javob berishga harakat
qilishadi. “Bir Mintaqa – Bir Yo'l” sammiti, mazkur yilning 14 may kuni,
Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tadi.
Huawei kompaniyasi haqida
Huawei
1987 yilda tashklil etilgan bo’lib hususiy kompaniya sifatida faoliyat
yuritadi va butunlay o’z xodimlariga tegishli (asosiy aksiyadorlar
kompaniya xodimlari). 2016 yilda Huawei kompaniyasi Interbrand’s
reytingida ishtirok etib Top 100 Best Global Brand ro’yxatiga kiritildi,
ya’ni dunyoning eng zo’r 100 brendi orasida e’tirof etildi. Bugungi
kunda Huawei kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqarish borasida dunyoning
eng yetakchi uch kompaniyasi qatoriga kiradi.