Hurmatli ustozlar, hamkasblar, doktorantlar, tadqiqotchilar!

  • Asosiy
  • Hurmatli ustozlar, hamkasblar, doktorantlar, tadqiqotchilar!

Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tayanch doktoranti Axmedov Nurshod Murodovichning “Tibbiy buyumlar interneti (IoMT) asosida bemorlarning holatini masofadan monitoring model va algoritmlari” mavzusidagi 05.04.01 –“ Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.

 

Ilmiy rahbar: Xujamatov Xalimjon Ergashevich texnika fanlar doktori, dotsent

Ilmiy Kengash 2024-yil 11-may kuni E bino, 101-xonada bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti - 12:00.