Rektor va talabalar uchrashuvi

  • Asosiy
  • Rektor va talabalar uchrashuvi

🙋  Bugun, 8-may sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich boshchiligida “Rektor va talabalar uchrashuvi” ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿   Uchrashuvda dastavval, mamlakatimiz va universitet ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘z bordi.

❔ Ochiq muloqot tarzida tashkillashtiriladigan ushbu uchrashuvda rektor talabalarning muammo va masalalar yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Bu borada ularga qancha yordam, ko‘mak zarur bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirdi.