Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport o‘yinlari bo‘yicha “Esports EduCup” turniri tashkil etiladi.

  • Asosiy
  • Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport o‘yinlari bo‘yicha “Esports EduCup” turniri tashkil etiladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport o‘yinlari bo‘yicha “Esports EduCup” turniri tashkil etiladi.

Turnirning 1-bosqichi oliygohlarning o‘zida 5-maydan 10-maygacha o‘tkaziladi. 1-bosqichda har bir o‘yin bo‘yicha 1-o‘rinni egallaganlar 2-bosqichga tavsiya etiladi.

2-bosqich Toshkent shahar bosqichi bo‘lib, 11-maydan 23-mayga qadar o‘tkaziladi.

🔺Ushbu qiziqarli turnirda ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Ammo shuni yodda tutingki, faqat universitet bosqichidagi g‘oliblar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Jamoani ro‘yxatdan o‘tkazishning oxirgi muddati - 10-may soat 18:00.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolalar:
Dota 2 - https://forms.gle/YzMcYST1rHfHXaFv9

Counter Strike 2 - https://forms.gle/4QrUWDkkXZP1aUhk9

O‘z kuchlaringizni birlashtiring, jamoa to‘plang va oliygohimiz nafaqat akademik, balki kibersportda ham eng zo‘r ekanligini isbotlang!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 88-804-74-74