Vasiylik kengashi

TATU da 2000 yildan boshlab Universitet vasiylik kengashi faoliyat olib boradi. U Ilmiy kengash qarori bilan Universitetning nizom faoliyatini amalga oshirishga yordam ko‘rsatish, birinchi navbatda, ta’lim xizmatlari hamda ilmiy tadqiqotlar milliy va xalqaro bozorlarida TATU raqobatbardoshligini rivojlantirish, shuningdek, ta’minlashdek dolzarb masalalarni hal etish maqsadlarida tashkil etilgan.

Universitet vasiylik kengashiga vasiylik kengashi raisi rahbarlik qiladi.

Universitet vasiylik kengashi a’zolari qonunchilik va ijrochilik hukumat organlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat uyushmalari, assotsiatsiyalar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxslar vakillari hamda Universitet vasiylik kengashida ishlash istagini bildirgan fuqarolar hisoblanadi. Universitet vasiylik kengashi barcha a’zolari teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, jamoatchilik asosida ishlaydilar.

TATU rektori ham Universitet vasiylik kengashi tarkibiga kiradi, shu bilan birga, rektorat Universitet vasiylik kengashi tashkiliy-texnik faoliyatini ta’minlab boradi.

Universitet vasiylik kengashi universitet ma’muriyati va uning ta’sischisi bilan yaqin aloqalarda ish olib boradi. Universitet vasiylik kengashi qarori tavsiya va maslahat xususiyatiga ega bo‘ladi.

Universitet vasiylik kengashi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun yuridik va jismoniy, shu jumladan, chet ellik shaxslarning pul, material va vositalar ko‘rinishidagi ixti¸riy hissalari jalb qilinadi. Universitet vasiylik kengashidan TATU hisobiga tushgan mablag‘larni sarflash Universitet vasiylik kengashi vazifalariga binoan smeta asosida amalga oshiriladi.

Universitet vasiylik kengashining butun faoliyati kengashning asosiy vazifalarini, uning tuzilishi va organlarini hamda Universitet vasiylik kengashi a’zolari huquq va majburiyatlarini belgilovchi TATU vasiylik kengashi to‘g‘risidagi Nizomga binoan amalga oshiriladi.

Kengash tarkibi: