Rektor maslahatchisi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektor maslahatchisi:

Sirelchuk Igor Nikolayevich

Qabul vaqti: Dushanba-Juma 9:00-11:00
Telefon: (+99871) 238-64-05

Rektor maslahatchisi

  • oliy taʼim tizimi ishlashi va rivojlantirish, shuningdek AKT sohasida oʻquv jarayonini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi taʼlim standartlarini ishlab chiqishni tashkillashtiradi;
  • oʻquv jarayonni va kadrlar tayyorlashni tashkil qilish, yangi taʼlim dasturlari va oʻquv rejalarini ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek xalqaro talablarga muvofiq oʻquv jarayonga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, AKT sohasida TATU uchun xorijiy grantlar va innovatsion loyihalarni jalb qilish boʻyicha tavsiyalarni tayyorlaydi;
  • taʼlim sohasida normativ va metodik hujjatlarni yangilash boʻyicha ishni tashkil qiladi;
  • oʻquv jarayon, oʻquv rejalarni va dasturlarni takomillashtirish boʻiycha takliflar kiritadi, AKT sohasida yangi yoʻnalishlar va mutaxassislarni tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;      
  • yetakchi oliy taʼlim muassasalarning oʻquv rejalari va fan dasturlarini, shu qatorda AKT qoʻllash bilan, taqdim etadi;
  • oʻquv jarayoni tashkil qilish sifati, professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasi darajasi, uning talab qilingan malaka xarakteristikalarag mos kelishining monitoringini oʻtkazadi;   
  • TATU professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va stajirovkalarni tashkil qilish, ilmiy-pedagogik kadrlarni AKT sohasidagi yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda, markazlarda va kompaniyalarda maqsadli tayyorlash boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
  • dunyo amaliyotini hisobga olib fan, taʼlim va ishlab chiqarishlarning integratsiyasini mustahkamlash  boʻyicha tavsiyalar kompleksini shakllantiradi; 
  • TATU xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha maslahatlar oʻtkazishni tashkillashtiradi;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari, oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;   
  • Professor-oʻqituvchilar uchun oʻqitishning zamonaviy usullari va vositalari boʻyicha treninglar, master-klasslarni tashkillashtiradi;
  • TATUda mutaxassislarni tayyorlash sifatini baholashning ichki audit komissiyasining ishida ishtirok etadi.

Mehnat faoliyati

  • 1985-1990 yy. – Minsk radiotexnika instituti (hozirda Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti), mutaxassisligi “Radioelektron apparaturani konstruksiyalash va ishlab chiqarish”.
  • 1990-1993 yy. - Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti aspiranti 
  • 1993 y. – texnika fanlar nomzodi
  • 1993-1995 yy. -  Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti kompyuter loyihalashtirish fakulteti radioelektron vositalar kafedrasi assistenti
  • 1995-2008 yy. - Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti kompyuter loyihalashtirish fakulteti radioelektron vositalar kafedrasi dotsenti 
  • 2008-2016 yy. - Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti kompyuter loyihalashtirish fakulteti  axborot-kompyuter tizimlari (oldin radioelektron vositalar kafedrasi) mudiri
  • 2016-2019 yy. - Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti innovatsion uzluksiz taʼlim fakulteti dekani.

Tadqiqotlar sohasi:

- qattiq jismli elektronika va mikroelektronika;

- oʻta yuqori chastotali qurilmalarini modellashtirish, optimallashtirish;

- elektron vositalar va tizimlar ishonchliligini avtomatlashgan baholash.

258 ilmiy ishlar muallifi, shu qatorda 2 monografiya va 1 patent. Belorussiya Respublikasi 3 oliy taʼlim standartlari ishlab chiquvchilar rahbari.

50 texnik fanlar magistrlari va 1 texnik fanlar nomzodining ilmiy rahbari.