Sportkompleks

TATU sport majmuasi 2009-yil o’z ish faoliyatini boshlagan.

2011-yilga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • 2009 yildan 2011 yilgacha BEST SOFT Xalqaro Axborot Texnologiyalar Ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.
  • 2010-yilda May oyida erkaklar o’rtasida Futzal bo’yicha Osiyo chempionati bo’lib o’tdi.
  • 2011-yili fevral oyida ayollar o’rtasida Futzal bo’yicha Respublika chempionati bo’lib o’tdi.

Har yili sentabr-oktabr oylarida Futzal bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Kubogi ham o’tib kelmoqda.

Ushbu majmua o’z ichiga 375 ta o’rindiq, 4 ta kiyim almashtirish xonasi va 5 ta alohida foydalanish uchun xonalar 2-qavatda joylashgan. Bundan tashqari majmuada basketbol, voleybol, qo’l topi, stol tennis va kurash kabi seksiyalari o’z ish faoliyatini ko’rsatib kelmoqda.

Sportkompleks tadbirlar o’tkazish maydoni 48x24 ni tashkil etadi, umumiy maydoni esa 40x48.

Sport majmuasida har kuni 08:30 dan 16:20 gacha jismoniy tarbiya darslari bo’lib o’tadi.

Sport_zal.jpg

Sport majmuasida professor o’qituvchilar o’z ish faoliyatini olib bormoqda, ulardan, professor Qo’shbaxtiyev I.A., dotsent Erdonov O.O., dotsent Izaak V.I., fan nomzodi Babicheva I.A. va boshqalar.

Sport majmuasi rahbari Shomurodov T.X.