TATU yoshlari “Yoshlar mobayl" ("Youth Mobile") tanlovida g‘olib bo‘lishdi

  • Asosiy
  • TATU yoshlari “Yoshlar mobayl" ("Youth Mobile") tanlovida g‘olib bo‘lishdi

Joriy yilning 28 may kuni YuNESKO (Ta’lim, fan va madaniyat ishlari bo‘yicha Birlashgan millatlar tashkiloti) tomonidan tomonidan o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi “Yoshlar mobayl" ("Youth Mobile") tanlovida Muhammad al-Xoraziy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakultetining 2-kurs talabasi Sayyora Raximova ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning 12.500.000 so‘m mukofoti bilan taqdirlandi. Fakultetning "Informatika asoslari" kafedrasi yosh o‘qituvchilaridan biri Zarnigor Fayzullayeva esa tanlovda 2-o‘rin egallab, 4.000.000 so‘m mukofoti bilan takdirlandi. Biz, g‘oliblarni tabriklab, kelgusi ishlarida omadlar tilab qolamiz!