TATUning “Yosh aloqachilar” teatr jamoasi Yunusobod tumanidagi maktablarda.....

Joriy yilning 14 may kunidan boshlab, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Yosh aloqachilar” teatr jamoasi Yunusobod tumanidagi umumtaʼlim maktablarida “Davlat bolalari” nomli spektakl namoyishini boshladi.

Bugun teatr jamoasi 327-umumtaʼlim maktabi oʻquvchi-yoshlariga spektaklni namoyish etishdi. “Davlat bolalari” nomli spektakl oʻquvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Universitet teatr jamoasi oʻz repertuari bilan may oyi davomida umumtaʼlim maktab sahnalarida oʻquvchilarni hushnud etadi.