Universitet qoshidagi akademik litseyda “Vatan himoyachilari kuni”ga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi

  • Asosiy
  • Universitet qoshidagi akademik litseyda “Vatan himoyachilari kuni”ga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi

14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litseyda ham tadbir tashkil etildi.


Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi maxsus guruhlarining chiqishlari namoyish etildi. Koʻrinishlar oʻquvchilarga oʻzgacha zavq baxsh etdi. Ayonki, bu kabi tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini yanada rivojlantiradi. Shu oʻrinda yana takrorlab oʻtish joizki, Vatan- muqaddas makon, aziz tuproq. Bu makonni eʼzozlamoq, uning qadriga yetmoq har bir insonning burchidir. Vatan himoyasiga tayyor boʻlish, sajdogoh singari eʼzozlash shu el farzandiman, deb yurgan barcha insonlar qalbida xamisha iftixor tuygʻusini tuyadi.