TATUda “Unutilmagan qaxramonlar” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir

  • Asosiy
  • TATUda “Unutilmagan qaxramonlar” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir

13 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi bilan hamkorlikda “Unutilmagan qaxramonlar” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriylari Toshkent shahar raisi oʻrinbosari B.Raxmutullayev, nafaqadagi podpolkovnik O.B.Yomonbullayev, Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriylari qoshidagi “Vatanparvar fidoiylar guruhi” badiiy jamoasi ishtirok etishdi.

Soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlar faxriylari asosan, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz farovonligi va xavfsizligini taʼminlashdek sharafli vazifalari toʻg'risida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida “Unutilmagan qahramonlar” nomli videofilm namoyish etilib, Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriylari qoshidagi “Vatanparvar fidoyilar guruhi” badiiy jamoasi aʼzolarining vatanparvarlikni madh etuvchi qoʻshiqlari talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.