Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Bo‘ka tumani filialida “Yosh informatiklar” musobaqasi o‘tkazildi

  • Asosiy
  • Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Bo‘ka tumani filialida “Yosh informatiklar” musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martda ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, shundan 3-tashabbus “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratilib, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportga jalb etishga katta e’tibor qaratilgan.

Mazkur vazifalarni ijrosini ta’minlash doirasida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 21-oktyabr kuni Xalq ta’limi bo‘limi ko‘magida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Bo‘ka tumani filiali tomonidan tumandagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida MS Office, Scratch va C++ dasturlash tili yo‘nalishlarida “Yosh informatiklar” musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Bo‘ka tumani filiali TATU matbuot xizmatiga xabar bermoqda.

Ushbu tadbirda tumandagi maktablardan 12, 13, 14, 15, 16 va 17 yosh chegarasidagi o‘quvchilar qatnashishdi. Musobaqani tuman Xalq ta’limi bo‘limi vakili A.Uralov va filial direktori I.Abduqayumov o‘quvchilarni Davlat tilining 30 yillik bayrami bilan tabriklagan holda ochib berdilar.

Ushbu musobaqa Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi xodimlari I.Abduqayumov, T.Murtozaqulov, M.Mahkamov va Xalq ta’limi bo‘limi vakili A.Uralov kuzatuvida bo‘lib o‘tdi. Musobaqa so‘ngida har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 (1, 2, 3) o‘rinda g‘oliblar aniqlandi va sovrindorlarni taqdirlash uchun Raqamli texnologiyar o‘quv markazi direktori N.Nasrullayev so‘zga chiqdi hamda vazirlikning hududiy boshqarmasi va Uzmobile kompaniyasi homiyligida taqdim etilgan sovg‘alar ulashildi.