Diqqat tanlov!

Siz O’zbekiston bo’ylab sayohat qilishni va bu sayohat orqali qo’shni mamlakatlar va mamlakat bo’ylab bepul sayohat yo’llanmasini qo’lga kiritishni xohlaysizmi? Unda bu tanlov aynan Siz uchun!

O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, mamlakatimizning boy turizm salohiyatini yoshlar orasida keng targ’ib qilish maqsadida Tourism challenge (Turizm chorlovi) loyihasini

E’LON QILADI

Tanlovda mamlakatimizning ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o’quvchi va talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishlar mumkin.

Tanlov quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

1. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar (ta’lim muassasasi nomidan) tanlovning www.tourchallenge.uz web sayti orqali ro’yhatdan o’tadilar;

2. Sayohatga borgan hududga borgach, tanlovning mas’ul vakilidan tegishli atributni (ta’lim muassasasining raqami yoki nomi yozilgan bayroq) oladilar va tanlov uchun maxsus tayyorlagan xaritaga joylashtiradilar;

3. Shundan so’ng, xarita yonida va turizm ob’ektlarida o’z jamoasi bilan suratga tushib, ommaviy axborot vositalari, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar (facebook, instagram, telegram va boshqalar) orqali chorlov yo’llaydilar va o’z sayohatlarini keng yoritadilar;

Ishtirokchilarning sayohatlari hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida ko’rib chiqiladi:

- sayohatlarni tashkil etish davri (turizm mavsumi past davrlarga – yanvar, fevral, mart ustunlik beriladi);

- sayohatlarning davomiyligi (ketma-ketligi);

- sayohatlar soni;

- sayohatchilar soni

- sayohatlarning OAVda yoritilganligi (soni vaOAV turi);

- sayohatlarning ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilishi (qancha foydalanuvchi ko’rganligi);

- sayohat davrida olingan foto surat va video materiallarning sifati.

Tanlov g’oliblari oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari bo’yicha alohida aniqlanadi va e’lon qilinadi.

Tanlov g’oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

1-o’rinlar: Qo’shni ikkita mamlakatga 7 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo’llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (100 dona);

2-o’rinlar: Qo’shni bitta mamlakatga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo’llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona);

3-o’rinlar: O’zbekistonning 3 ta shahriga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik yo’llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona) bilan taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumotlarni www.tourchallenge.uz sayti hamda +98951933402 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

O’zbekiston bo’ylab sayohat qiling!