TATU ERASMUS+ dasturining HiEdTec loyihasi ishtrokchisi

  • Asosiy
  • TATU ERASMUS+ dasturining HiEdTec loyihasi ishtrokchisi

Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistonning 15 ta universitetlari va Bolgariya, Italiya, Portugaliya va Lyuksemburgning 4 ta Evropa universitetlarida ta'limni modernizatsiya qilish bo'yicha HiEdTec loyihasini amalga oshirish boshlandi.

O'zbekistondan loyihada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Andijon mashinasozlik instituti hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qatnashmoqda.

Loyihaning tashabbuskori va muvofiqlashtiruvchisi Bolgariyaning Ruse universiteti bo'lib, yirik loyihalarni boshqarishda qariyb 20 yillik tajribaga ega.

Loyihaning asosiy maqsadi - Markaziy Osiyoda oliy ta'lim tizimini yangi texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilishdan iborat.

Ruse universiteti o'z hamkorlari bilan AKTga asoslangan innovatsion ta'lim texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali ta'lim tizimini raqamli tizimga moslashtirish konsepsiyasini, shuningdek, ta'limning raqamli transformatsiyalash bo'yicha Milliy dastur loyihasini birgalikda amalga oshirishni rejalashtirgan.

Har bir universitetda Ruse Universiteti modeliga asoslangan innovatsion ta'lim texnologiyalari markazi yaratadi - http://ciot.uni-ruse.bg/.