TATUda “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida uchrashuv-suhbat o‘tkazildi

  • Asosiy
  • TATUda “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida uchrashuv-suhbat o‘tkazildi

23 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda"Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida uchrashuv-suhbat o‘tkazildi. Suhbatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi mas’ul xodimi, podpolkovnik U.Q.Tuymaboev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi mas’ul xodimi, kapitan E.I.Abdusaidov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik M.X. Jamatov, TATU rektori U.R.Xamdamov, OAV vakillari, 400 nafar o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Suhbatda podpolkovnik U.Q.Tuymaboev,kapitan E.I.Abdusaidov va rektor U.R.Xamdamovlar bugungi kunda O‘zbekistonda tashki mehnat migratsiyasi bo‘yicha chiqarilgan qonunlar va ularning mohiyati, yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, chet davlatlarga ishlashga ketayotgan kishilar uchun yaratilgan sharoitlar, odam savdosi va uning oqibatlari, uning komiga tushib qolganlar taqdiri haqida o‘z ma’ruzalarida ma’lumot berib o‘tdilar. Ogohlik - davr talabi ekanligi targ‘ibot davomida aniq misollar bilan talabalarga yetkazildi. Suhbat davomida "Nigoh” nomli film namoyish etildi. Film namoyishidan so‘ng talabalarni qiziqtirgan svollarga javoblar berildi.