TATUda “Kosmik aloqa va tizimlar injiniringi bo‘yicha yangi ta’lim dasturlari - SPACECOM ” ERASMUS+ loyihasining birinchi seminar-uchrashuvi boʼlib oʼtdi

  • Asosiy
  • TATUda “Kosmik aloqa va tizimlar injiniringi bo‘yicha yangi ta’lim dasturlari - SPACECOM ” ERASMUS+ loyihasining birinchi seminar-uchrashuvi boʼlib oʼtdi

Joriy yilning 4-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  “New study program in space systems and communications engineering - SPACECOM” ERASMUS+ loyihasi doirasida birinchi seminar-uchrashuvi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda TATU rahbariyati, OO‘MTV vakillar, loyiha ishtirokchilari, loyiha bo‘yicha qiziquvchilar ishtirok etishadi.

Rector of TUIT

Tadbir davomida ishtirokchilar SPACECOM loyihasining maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishib chiqish imkoniga ega boʼldilar. O‘z navbatida tadbir vaqtida, loyiha ishtirokchilari orasida loyihani amalga oshirishdagi jamoaviy ishlarni olib borish bo‘yicha muzokaralar tashkil qilindi.

Loyihaning asosiy vazifasi - kosmik texnika va aloqa tizimlari, Sun’iy yo‘ldoshli texnologiyalar sohasida mavjud bo‘lgan magistratura ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, hamda Boloniya jarayonining tavsiyalariga asosan sun’iy yo‘ldoshli aloqani qo‘llash hisoblanadi va loyiha 2019-2022 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar esa quyidagilar:

  • kosmik texnika va texnologiyalar sohasida yangi magistratura mutaxassisligini tashkil qilish;
  • kosmik texnika va texnologiyalar sohasida magistratura mutaxassisligi uchun yangi o‘quv dasturlarni ishlab chiqish;
  • kosmik texnika va texnologiyalar sohasida o‘quv-ilmiy tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;
  • TATU va uning filiallaridagi professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish;
  • yangi o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish.

Maʼlumot oʼrnida aytish kerakki, loyiha ishtirokchilari TATU, Berlin texnika universiteti (Germaniya), Sarbona Universiteti (Fransiya), Artesis-Plantijn University of Applied Sciences (Belgiya), Sofiya texnika universiteti (Bolgariya), EXOLAUNCH (Germaniya), Coursento (Germaniya), TATU Qarshi filiali, TATU qoshidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi, Farg‘ona politexnika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zR FA huzuridagi Astronomiya institutlari hisoblanadi.

TATU matbuot xizmati