Talabalarni boshqarishda guruh murabbiysining roli

  • Asosiy
  • Talabalarni boshqarishda guruh murabbiysining roli

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” deb nomlangan kitobining "Xalq qachon xalq bo‘ladi” deb nomlangan bo‘limida O‘zbekistonda yashayotgan har bir kishidan, ayniqsa, har bir talabadan ziyraklikni, ogoh va xushyorlikni, o‘zini  vado‘stlarini, barcha yaqinlarini turli niqobdagi mafkuraviy xurujlardan himoya qilishga, yon-atrofimizda yuz berayotgan voqealardan boxabar qilishga chorlanadi. Kitobning "Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” deb nomlangan bo‘limida esa bilim, o‘qishning o‘zi bilan hech narsaga erishib bo‘lmasligi, faqat amalda qo‘llangan, ishlatilgan bilim foyda keltirishi, bilimni qo‘llay bilish malakasi bo‘lishi kerakligi, malaka esa hayotda bo‘layotgan voqea-hodisalarning ma’no-mazmunini nafaqat o‘qib, balki ko‘rib, kuzatib, qo‘llab ko‘rib o‘rganilishi haqida fikrlar keltiriladi. Talaba-yoshlarni bilimi va malakasini oshirish, ularni atrofimizda bo‘layotgan voqea va hodisalarga teran nigoh bilan qarashga, to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatishda esa albatta ustoz-murabbiylarning o‘rni katta.

Shu maqsadda, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarni boshqarishda guruh murabbiylarining rolini oshirish yuzasidan universitet rektori H.A. Muxitdinov ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.12  dekabr kuni Kompyuter injineringi fakulteti guruh murabbiylari bilan16 dekabr kuni esa Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti guruh murabbiylari bilan davra suhbatlari o‘tkazildi. Davra suhbatlari davomida guruh murabbiylari o‘z guruhidagi har bir talaba bilan individual tarzda ishlashni tashkil etishi, ularning davomati, fanlarni o‘zlashtirishini nazorat qilishi bilan birga, ijtimoiy kelib chiqishi,yashash sharoitlari, qiziqishlari, darsdan bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishi haqida ham to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari, guruhidagi har bir talabaga o‘z farzandidek munosabatda bo‘lishlari lozimligi haqida fikrlar bildirilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.