TATU magistri “SILK WAY STARTUP” g‘olibi

  • Asosiy
  • TATU magistri “SILK WAY STARTUP” g‘olibi
TATU 1-bosqich magistri Shuxrat Agzamov Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan davlatlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan neupusti.net (Qozog‘iston) ta’lim portali hamda GroundZero (O‘zbekiston) kovorking hamkorligida tashkil etilgan “Silk Way Startup” loyihasida ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur loyihaning maqsadi: O‘zbekistonda axborotni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, www.neupusti.net (Qozog‘iston)ga o‘xshagan ta’lim loyihasini yaratishdan iborat edi. Tanlovda ishtirok etgan Shuhrat Agzamov ta’lim bilan bog‘liq ko‘plab muammolar bo‘yicha innovatsion yechimlarni taklif etgan.