Yozgi ta’til davrida Janubiy Koreyadagi yetakchi OTMlar bilan hamkorlikda seminar-treninglar tashkil etilmoqda

  • Asosiy
  • Yozgi ta’til davrida Janubiy Koreyadagi yetakchi OTMlar bilan hamkorlikda seminar-treninglar tashkil etilmoqda
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yozgi ta’til davrida Janubiy Koreyadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Jumladan, 2018 yil 29 iyun - 13 iyul kunlari Koreya milliy transport universiteti (KNUT)ning 10 nafar talaba va 2 nafar professordan tashkil topgan ko‘ngillilar delegatsiyasining tashrifi kutilmoqda. Ular tomonidan “Mobil ilovalarni yaratish” mavzuida o‘quv-trening kursi tashkil etiladi. Trening kursida universitet talabalari bilan birga Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchilari ishtirok etadi, kurs qatnashchilariga mobil ilovalarni yaratish mavzuidagi bilimlarini oshirishlari bilan birga chet el talabalari bilan fikr almashish imkoniyati yaratiladi.
27 iyun - 24 iyul kunlari Janubiy Koreyaning Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) hamkorligida Songyungvan universitetidan 14 nafar talaba va 2 nafar professordan tashkil topgan ko‘ngillilar delegatsiyasi TATUning Urgench va Nukus filiallariga tashrif buyuradi. Delegatsiya tomonidan “AKT sohasida dasturiy ta’minotlar” mavzusida o‘quv-trening kursini tashkillashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ishtirok etgan filiallar talabalarining AKT sohasida dasturiy ta’minotlar yuzasidan bilimlarini yanada oshirish mo‘ljallangan.
9 iyul - 22 iyul kunlari esa Janubiy Koreyaning Yonnam universitetidan 19 nafar talaba va 1 nafar professordan tashkil topgan ko‘ngillilar delegatsiyasi TATU qoshidagi O‘zbekiston-Koreya axborot almashuv markaziga tashrif buyuradi. Ular tomonidan “Kompyuter savodxonligini oshirish va Koreya madaniyati” mavzuida o‘quv-trening kursini tashkillashtirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, delegatsiyaning Arirang qariyalar uyiga tashrifi ham tashkil etiladi.