“Quvnoq talabalar” ko'rik tanlovi

  • Asosiy
  • “Quvnoq talabalar” ko'rik tanlovi
   Milliy axborotlashtirish tizimini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalar, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini iqtisodning va jamiyat hayotining hamma sohalariga ommaviy tadbiq etish va foydalanish, aholining o'sib borayotgan axborotlashtirish talablarini yanada to'laroq qondirish uchun jahon informatsion hamjamiyatining kirib borishiga qulay sharoitlar yaratish va jahon axborotlashtirish manbalariga kirish imkoniyatlarini kuchaytirish va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid siyosatni amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi" PQ-2124 (06.02.2014) qarorini hayotga tadbiq etishni ko'zda tutib, TATUda dasturiy mahsulotlar axborot tizimlarini tadbiq etish va bunga yoshlarni jalb etish e'tiborga olindi.
Bugungi kunda mutaxassislar axborot texnologiyalarining asosiy belgisi sifatida ma'lumotni qayta ishlash jarayonining muayyan bosqichlarga bo'linishini e'tirof etadilar.
    Ushbularni e'tiborga olgan holda, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan, dasturchilar maktabini shakllantirish maqsadida 2004 yildan "O'zbegim dasturchilari” ko'rik-tanlovi o'tkazilib kelinmoqda.
    Tanlovni yanada jonlantirish maqsadida 2013 yildan tanlov "Quvnoq dasturchilar” tanlovi sifatida o'tkazilmoqda.

    Ko'rik-tanlovda Kompyuter injiniring fakultetining "Students”, Dasturiy injiniring fakultetining "DIF daxolari”, Televizion texnologiyalar fakultetining "Virtual”, Telekommunikatsiya fakultetining "Kabelchilar” jamoalari qatnashdi. Tanlovda jamoalar a'zolari emas, balki ular tomonidan tayyorlangan dasturiy ishlanmalar qatnashganini e'tiborga olish lozim. Birinchi "tanishtiruv” shartida jamoalar o'z a'zolari haqida xazil ko'rinishidagi ma'lumot berish bilan birgalikda, jamoa nomini va shiorini ham ommaga etkazdilar. Ikkinchi shart ”talabalar hayoti talabalar nigohida” bo'yicha taqdim etilgan dasturlar, talabalarimizning faqat tasdiqlangan o'quv rejasi bo'yicha emas, balki rejadan tashqari ham o'z dasturiy mahoratlarini oshirayotganlarini ko'rsatdi. Ushbuda talabalar animatsiya orqali o'z hayotlaridagi ayrim kamchiliklarni tanqidga olishdi. Uchinchi- "ilmiy uslubiy ish” tanlovida 226-13 gurux talabasi, "Students” jamoasi sardori A. Axrorovtomonidan taqdim etilgan "e-jurnal” va 311-13 gurux talabasi Xamroev Dilshod tomonidan taqdim etilgan Unity tizimida ishlab chiqilgan "Time to defend” dasturlari ahamiyatga molik bo'ldi.


    Shuni qayd qilish lozimki, jamoa sardorlari -226-13 gurux talabasi Axbor AXROROV, 514-13 gurux talabasi Shoxrux Ne'matov, 421-13 gurux talabasi Nodir Toshbekov va 310-13 gurux talabasi Jonibek Yangievlar jamoalarni o'rnatilgan tartibda boshqara oldilar. Ko'rik-tanlovni KIF 226-13 gurux talabasi Alisher Kayumov, 228-14 gurux talabasi Shoxsanam Kurbanova, 227-14 gurux talabasi Angelina Gutsalyuklar o'zbek, rus va ingliz tillarida olib borishgani barchaga manzur bo'ldi. Ko'rik-tanlovni o'tkazishdan maqsad: 1-2 kurs talabalari o'rtasidan mohir dasturchilarni ajratish, ularni universitet miqiyosida o'tkazilayotgan ilmiy ishlarga jalb etish, Respublika miqyosida o'tkazilayotgan tanlovlarga g'olib jamoa dasturlarini taqdim etishdan iborat ekanligini e'tiborga olsak, dasturchilar respublikamiz iqtisodiyotining barcha yo'nalishlarini qamrovchi dasturlari bilan ushbu ko'rikda qatnashib, maqsadga erishildi desak mubolag'a bo'lmaydi.



1.jpg



    Tadbirdagi ishlanmalarni TATU O'quv ishlari bo'yicha birinchi prorektor X. Bobomurodov raisligida, Ma'naviyat-axloqiy tarbiya ishlari prorektori X. Umarov, TATU "Axborot texnologiyalari " bo'yicha rektor o'rinbosari janob Chul Soo LEE, Ma'naviyat-axloqiy tarbiya bo'limi boshlig'i E.Karimova, KIF dekani K. Tashev, DIF dekani o'rinbosari D. Abdullaev, BKUQ raisi D. Mirzaevlardan tashkil topgan Xakamlar hay'ati baholashdi.
 
2.jpg


    Ko'rik-tanlovni KIF 226-13 gurux talabasi Alisher Kayumov, 228-14 gurux talabasi Shoxsanam Kurbanova, 227-14 gurux talabasi Angelina Gutsalyuklar o'zbek, rus va ingliz tillarida olib borishdi.

3.jpg
 


225-13 gurux talabasi F. Mirzairov "Students” jamoasining ijodiy ishi "Kutubxona” Axborot tizimi taqdimotini ingliz tilida keltirdi.

 



 4.jpg


Tadbir ishtirokchilarining barchasi taqdirlandi.