TATUda ProQuest kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

  • Asosiy
  • TATUda ProQuest kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yilning 9-oktyabr kuni TATUda ProQuest kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ProQuest kompaniyasi vakillari "Dissertations & Thesis Global" mavzusida aspirantlar, doktorantlar hamda TATU talabalariga taqdimot o'tkazdilar hamda ProQuest elektron ilmiy-ta'limiy bazalaridan foydalanish haqida to'liq ma'lumot berdilar.


Shuningdek, ProQuest kompaniyasi vakillari TATU rektori bilan uchrashib, ilm-fan va ta'lim manfaati yo'lidagi samarali hamkorlik haqida kelishib oldilar.

TATU matbuot xizmati