TATU hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • Asosiy
  • TATU hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

28-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi oʻrtasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yana-da takomillashtirish yoʻnalishida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.


Memorandumga asosan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, shu jumladan, dasturiy mahsulotlarni tayyorlash, kompyuter va dasturiy injenering, axborot xavfsizligi yoʻnalishlarida hamkorlik qilish, tomonlarni oʻzaro qiziqtirgan masalalar boʻyicha hamkorlikda turli forumlar oʻtkazish koʻzda tutilgan.

TATU matbuot xizmati