O‘zbekiston eng baxtli mamlakatlar qatorida

  • Asosiy
  • O‘zbekiston eng baxtli mamlakatlar qatorida

O‘zbekiston dunyodagi eng baxtli mamlakatlar reytingida 49 – va Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-pog‘onadan joy oldi (manbaa: UZ24 – O‘zbekiston yangiliklari).

SDSN tashkiloti va Kolumbiya universiteti (AQSh) dunyoning eng baxtli mamlakatlar reytingi «World Happiness Report - 2016»ni tuzdi.

Bunda mamlakat aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosiy mezon sifatida olindi. Shuningdek, 2013-2015 yillardagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, fuqarolarni ijtimoiy ta’minlanish darajasi, sog‘liqni saqlash, aholi jon boshiga YaIM hisobga olindi. Ushbu reytingda O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlarini ortda qoldirib, 49 - o‘rinni band etdi. Bundan tashqari, mamlakatimiz Italiya (50) Yaponiya (53), Rossiya (56) Janubiy Koreya (58) va boshqa mamlakatlardan yuqori pog‘onada qayd etildi.

Daniya mazkur reytingda yetakchilik qilgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinni Shveytsariya band etdi. Uchinchi o‘rinda Islandiya qayd etildi.

Natijalarga ko‘ra, Afg‘oniston, Suriya va Togoda yashaydigan insonlar o‘zlarini baxtsiz his qilishadi.