TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazida “Aholi va tadbirkorlik subyektlari xodimlarini kompyuter savodxonligini oshirish va ularga davlat elektron xizmatlaridan foydalanishni o'rgatish bo'yicha o'quv kurslari” davom etmoqda

  • Asosiy
  • TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazida “Aholi va tadbirkorlik subyektlari xodimlarini kompyuter savodxonligini oshirish va ularga davlat elektron xizmatlaridan foydalanishni o'rgatish bo'yicha o'quv kurslari” davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasida aholi va tadbirkorlik subyektlarining kompyuter savodxonligini oshirish, ularga davlat elektron xizmatlaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish orqali «Elektron hukumat» tizimi, uning mohiyati va vazifalari, aholiga taqdim etilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari va resurslari turlari, imkoniyatlari va afzalliklari borasidagi tushunchalarni keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Respublika hududlarida aholi va tadbirkorlik subyektlari xodimlarini kompyuter savodxonligini oshirish va ularga davlat elektron xizmatlaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish” loyihasi ishlab chiqilgan.
Mazkur loyiha doirasida o‘quv-trening kursilari tashkil qilinib, dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o’qituvchilar tayyorlanib, ular tegishli sertifikatlar bilan ta’minlandi.
Shu kunlarda TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazida Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayhontohur tumanlarida joylashgan Shayx Shibliy, Bodomzor, Astrobod, G‘ayratiy, Taxtapul, Axrorobod mahallalarining aholi vakillari “Kompyuter texnikasi va davlat elektron xizmatlaridan foydalanish” o‘quv kurslarida o’qitilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘guv markazining malakali o’qituvchi-trenerlarilardan Shuhrat Maxmudov, Sunnat Rajabov, Asatulla Ashurov, Valixon Azamov, Doniyor Toshmurodov va boshqalar olib borishmoqda.
Ma’ruzachilar tinglovchilarga taqdim etilayotgan qulay mobil va onlayn to‘lov tizimlari, kommunal xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha onlayn xizmatlar, Elektron soliq xizmatlari, O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyatining railway.uz portali xizmatlari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining uzairways.com portali xizmatlari, Davlat bojxona qo‘mitasining customs.uz portali xizmatlaridan foydalanish usullari tushuntirishmoqda.
O‘quv kurslarida tinglovchilar tomonidan mavzu va sohaga oid yangiliklar, amalga oshirilayotgan loyihalar haqidagi ko‘plab savollarga atroflicha javoblar berilmoqda.