TATU talabalari “Open Data Challenge-2018” da gʻolib boʻlishdi!

  • Asosiy
  • TATU talabalari “Open Data Challenge-2018” da gʻolib boʻlishdi!

7 dekabr kuni Toshkentdagi INHA universitetida “Open Data Challenge-2018” (Xakaton) tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Xakatonda talabalarimiz ham ishtirok etishdi va faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi. Xususan: "Eng yaxshi ochiq maʼlumotlar generatsiya (trasformatsiya) loyiha" yoʻnalishida “Signum” loyihasi bilan 1-oʻrinni hamda “Hakaton Gran-Pri”sini (Madridga yoʻllanma) “Axborot xavfsizligi” fakulteti talabalari: Turgʻunov Rustam, Galiullin Timur, Valiyev Sherzod, Fayziyev Muxammadjonlar qoʻlga kiritishdi “Eng yaxshi biznes loyiha”yoʻnalishida esa “BizPlace” loyihasi bilan 2-oʻrinni “Dasturiy injeniring” fakulteti talabalari: Sobirov Jamshid, Abduyaminov Azamat, Olimov Aziz, Karimov Oqil, Mashhurov Azamatlar qoʻlga kiritishdi.


Eslatib oʻtamiz: 1-2 dekabr kunlari Toshkent shahridagi INHA universitetida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish boʻyicha har yilgi “Open Data Challenge-2018” (Xakaton) tanlovi tashkil etilgan edi. Maʼlumot oʻrnida aytish jizki, Open Data Challenge – bu dasturchilar jamoalari tezkorlik bilan ochiq maʼlumotlar asosida muayyan mahsulotlar ishlanmalarini yaratish boʻyicha musobaqalashadigan tanlovdir. Open Data Challenge tanlovining farqli jihati shundaki, jamoalar qatʼiy chegaralargan muddatlarda ish olib borishlari zarur: ikki kun davomida abstakt (mavhum) gʻoyalar, yangi veb va mobil servislarning prototiplari va alfa-talqinlariga aylanadilar. Izchil ravishda uch kun davomida olib borilgan ishlar natijasida “Open Data Challenge-2018” tanlovi ishtirokchilari hayotning turli sohalari: moliya, transport, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqalar uchun yangi ijtimoiy jihatdan manfaatli loyihalar tayyorlaydilar. Shu tariqa tadbirning moddiy natijalari oʻlaroq, mobil va veb-ilovalar, turli qurilmalar paydo boʻladi.

Loyiha ishlanmalaridan tashqari, “Open Data Challenge-2018” tanlovi doirasida dasturchilar uchun ochiq maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha mahorat maktablari va treninglar tashkil etiladi.