Open Data Challenge 2016

  • Asosiy
  • Open Data Challenge 2016
26,27-noyabr kunlari Toshkentda Open Data Challenge 2016 – ilovalarni ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda ishlab chiqish boʻyicha tanlov bo'lib o'tadi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BMTTD O'zbekistondagi vakilligi, UZINFOCOM markazi va Toshkentdagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilmoqda. Uch kunlik seminar-trening natijasida Open Data Challenge 2016 ishtirokchilari turmushning barcha jabhalarida: moliya, transport, ta’lim, sogʻliqni saqlash, ekologiya sohalarida foydali boʻlgan yangi loyihalarni taqdim etadilar. Mobil va veb ilovalar, infografika, media-loyihalar va maqolalar tadbirning moddiy mahsuli hisoblanadi. Loyihalarni ishlab chiqish jarayonida jurnalistlar uchun master-klasslar va dasturchilar uchun ochiq ma’lumotlar bilan ishlashga oid treninglar boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar
Ushbu tadbirda dasturchilar, grafik dizaynerlari, jurnalistlar, tahlilchilar va ochiq ma’lumotlar haqida tushunchaga ega bo'lgan faollar qatnashishi mumkin.

Bevosita ishtirok nima uchun kerak?
Open Data Challenge 2016 da Siz:
  • Oʻzbekistondagi turmush tarzini yanada qiziqarliroq va qulayroq qilish imkonini beruvchi gʻoyalardan birini amalga oshirish
  • Oʻz noyob gʻoyangizni keng omma e’tiboriga havola etish
  • Guruhda yetishmagan a’zolarni izlab topish yoki mavjud guruhga qoʻshilib olish
  • Qimmatbaho sovgʻa va mukofotlarni yutib olish
  • Mentorlarning muhim maslahatlarini olish
  • Soat ichida tayyor yangi loyiha yoki namunani ishlab chiqish tajribasiga ega boʻlish
  • Haqiqiy hakerlar muhitiga shoʻngʻish. Pissa, qahva, pishiriqlar sizga muntazir boʻladi

Mentorlar
Open Data Challenge 2016 tashkilotchilari mentorlar – dasturlash, dizayn, ommaviy ishtirok hamda ochiq ma’lumotlarni tahlil etish va ulardan foydalanish sohasidagi mutahassis-ekspertlarni taklif etganlar, ular guruhlarga maslahatlar berib, loyihalar ustida ish olib borishga koʻmaklashadilar.

Shartlar
Asosiy shart – mahsulot namunasi ilova, xizmat, infografika yoki maqola.

Open Data Challenge 2016da ishtirok etish barcha uchun bepul boʻlib, ishtirokchilaring roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi. Tashkilotchilar ishtirokchilarni nonushta, internet va ish muhiti bilan ta’minlaydilar.

Nominatsiyalar
Barcha loyihalarning taqdimoti 2016-yil 27-noyabrda boʻlib oʻtadi va davlat organlari, jamoatchilik, biznes, betaraf ekspert vakillaridan iborat boʻlgan vakolatli hakamlar hay’ati quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni aniqlaydilar:
  1. Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi ijtimoiy loyiha (mobil yoki veb-ilova)
  2. Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb-ilova)
  3. Ochiq ma’lumotlarga asoslangan namoyishning eng yaxshi yechimi (infografika yoki maqola)

Qanday ilovalar ishlab chiqilishi mumkin? Ular: ayrim biznes, ekologiya yoki ijtimoiy jarayonlarga oid yechimlar va tadbirkorlarga yordam berishga yo'naltirilgan xizmatlar. Eng yaxshi loyihalarni davlat organlari, biznes, yetakchi texnik mutahassislar vakillaridan iborat boʻlgan hakamlar hay’ati aniqlaydi. Gʻoliblar qisman jamoatchilikning ovoz berishi asosida ham baholanadi. Tanlov gʻoliblariga loyihalari ustida ishni davom ettirish uchun moliyaviy va ekspert yordami ajratiladi.

Roʻyxatdan oʻtish
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz zarur.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon va elektron pochtasiga murojaat etishingiz mumkin: +998 97 747 06 33, rimma.mukhtarova@gmail.com

Asosiy sanalar
Open Data Challenge 2016da ishtirok etish va tayyorgarlik koʻrish quyidagi bosqichlar boʻyicha boʻlib oʻtadi:
  1. Roʻyxatdan oʻtish – 2016-yilning 23 -noyabrigacha.
  2. Ochiq ma’lumotlar va jurnalistika ma’lumotlari uchun trening – 2016-yil 24-25-noyabr kunlari.
  3. Ochiq ma’lumotlar (dasturlash) va ochiq ma’lumotlarga asoslangan ilovalarni ishlab chiqish boʻyicha trening – 2016-yil 24,25-noyabr kunlari.
  4. Gʻoliblarni taqdirlash marosimi – 2016-yil 27-noyabrda.
Qiziqib qoldingizmi? Roʻyxatdan oʻting!

Tadbir boʻlib oʻtadigan joy INHA universiteti

Manba: https://data.gov.uz/challenge