TATUda o'quvchilar uchun "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi

  • Asosiy
  • TATUda o'quvchilar uchun "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi
Avval xabar berib o‘tganimizdek, Muxammad-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan akademik litsey o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Telekommunikatsiya texnologiyalari”, ”Kompyuter injeniringi” fakultetlari va “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ishlari” bo‘limi hamkorligida 23-28-mart kunlari tashkil etildi. Tadbirda akademik litseyning 160 nafar ikkinchi bosqich o‘quvchilari, guruh murabbiylari va “Telekommunikatsiya texnologiyalari”, ”Kompyuter injeniringi” fakultetlarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tashkil etilgan tadbir doirasida litsey o‘quvchilariga universitet kafedralarida mavjud “Antenna qurilmalari” o‘quv laboratoriyasi, “Robototexnika” o‘quv laboratoriyasi, “Uzmobile” laboratoriyasi, “USEEL” laboratoriyasi, “Koreya o‘quv markazi” to‘g‘risida ma’lumot berildi va universitetning yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.